BBC va "Mediazona" jurnalistlarining hisob-kitoblariga köra, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi boşlanganidan beri qariyb uç yil içida Rossiya Federatsiyasi kamida 6063 nafar nufuzli bölinma askarini yöqotgan, ularning köp yillik maşğulotlariga millionlab dollar sarflangan. Bu raqamga «faqat Havo-desant qöşinlari, dengiz piyodasi, Mudofaa vazirligi va Rossiya Milliy gvardiyasi maxsus kuçlari bölinmalarining jangovar harbiy xizmatçilari, şuningdek, harbiy uçuvçilar kiradi», deb yozadi BBC 10 yanvar, juma kuni.
Eng köp halok bölganlar - Havo-desant qöşinlaridan
Halok bölgan harbiy elitaning yarmidan köpi Havo-desant qöşinlari vakillaridir. 2025 yil boşiga kelib, jurnalistlar Ukrainaga qarşi uruşda halok bölgan 3240 nafar desantçining ismlarini aniqladi. «Bular Ukraina bilan uruş boşlanişidan oldin Havo-desant qöşinlarida xizmat qila boşlagan, uzoq muddatli tayyorgarlikdan ötganlar yoki harbiy oliy öquv yurtlarini bitirganlardir. Halok bölganlar orasida 654 ofitser ham bor», — deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, 1247 dengiz piyoda askarlari, şu jumladan 214 ofitser halok bölgani tasdiqlandi. Rossiya dengiz piyoda askarlari korpusi bölinmalari Ukrainaga qarşi uruşning barça muhim janglarida – «Kiyev va Mariupolga bostirib kirişdan tortib, Rossiyaning Kursk oblastidagi harbiy amaliyotlargaça» qatnaşdi.
Halok bölgan yana 577 nafar elita harbiy xizmatçilar GRU maxsus kuçlari a’zolari, 267 nafari harbiy uçuvçilar va 114 nafari FSB va FSO xodimlari bölgan. BBC harbiy uçuvçilarning ölimini jiddiy yöqotiş deb atadi. «Jangovar aviatsiyaning parvoz tarkibini öquv poligonida uç oylik kursni bitirgan safarbar qilinganlar bilan almaştirişning iloji yöq. Ular yillar davomida tayyorlanadi. Ular uçuvçilar maktabida öqitiladi, keyin esa öquv markazlarida malaka oşiradi», — deya ta’kidlaydi OAV.
«Mediazona»: RFda uruş boşlanganidan beri eng köp öt qöyiş holatlari kuzatildi
«Mediazona»ning 24 dekabr kungi hisob-kitoblariga köra, 13 dekabrdan beri Rossiyada telefon firibgarlari ta’sirida kamida 50 ta öt qöyiş hodisasi sodir bölgan. Jurnalistlarga köra, bu Ukrainada uruş boşlanganidan beri sodir bölgan eng yirik hujumlar tölqinidir.
Hujumlarning aksariyati 20 va 21 dekabr kunlari sodir etilgan, deyiladi hisobotda. Rossiya Federatsiyasi hududidagi banklar, politsiya maşinalari, poçta bölimlari, MFs filiallari va boşqa obektlarga hujum qilindi. Uşbu tölqin paytida öt qöyiş uçun hibsga olingan kamida olti kişi terrorizmda ayblangan. Jurnalistlarning qayd etişiça, ulardan yana 11 nafari mulkka qasddan zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Hujumlarning asosiy qismi Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida sodir bölgan. U yerda 13 dekabrdan beri jami öttizta hujum uyuştirilgan.
Rossiyada avval ham bir neça marta öt qöyiş tölqinlari kuzatilgan. Şunday qilib, 2023 yil iyul oyida asosan harbiy röyxatga oliş va qabul qiliş bölimlari yoqib yuborilgan. Hibsga olinganlarning deyarli barçasi uruşga yoki majburiy çaqiruvga qarşi emas, balki ularning sözlariga qaraganda, telefon firibgarlari qurboni bölişgan.
Bungaça şunga öxşaş favqulodda vaziyatlar tölqini 2022 yilning kuzida safarbarlik e’lon qilinganidan keyin boşlangan. Şundan söng FSB «köp hollarda qönğiroqlar Ukraina hududidan abonent raqamlarini Rossiya huquq-tartibot idoralarining işonç telefonlari bilan almaştiriş orqali amalga oşirilişi» töğrisida ma’lum qildi.












