Ukraina öt oçiş töxtatilsa, Ğarbdagi şeriklari mamlakatga 40-50 ming tinçlikparvar kuçlarni yuborişiga umid qilmoqda. Bu haqda ukrainalik amaldorlarga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va NATO boş kotibi Mark Ryutte uşbu masalani 3 fevral kuni bölib ötadigan «norasmiy sayyor yiğilişda» muhokama qilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, naşrning eslatişiça, hozirça tinçlikparvar kuçlarni joylaştirişni faqat Boltiqböyi davlatlari qöllab-quvvatlagan. Polşa öz qöşinlarini yubormasligini bildirgan, Germaniya kansleri Olaf Şols esa uşbu ğoyaga keskin qarşilik bildirmoqda.

NATO boş kotibining mudofaa investitsiyalari böyiça sobiq yordamçisi Kamil Grandning ta’kidlaşiça, 40 ming harbiy Ukrainaga zarur himoyani ta’minlay oladi. Uning sözlariga köra, şu orqali Kiyev «oson nişonga» aylanib qolmaydi va qöşimça kuç talab qilmaydi. Grandning ta’kidlaşiça, bunday kuçlar Britaniya, Fransiya va Niderlandiya boşçiligidagi koalitsiya doirasida şakllantirilişi mumkin.

Volodimir Zelenskiy Yevropa Rossiya bosqinini töxtatişni jiddiy xohlayotgan bölsa, Ukrainaga kamida 200 ming harbiy xizmatçi joylaştirişi kerakligini aytgan. Naşr uşbu kutilmalar haqiqatga töğri kelmasligini, çunki bu Ikkinçi jahon uruşidagi «D kuni»da iştirok etgan qöşinlardan ham köpligini ta’kidlagan.

Zelenskiyning özi Bloomberğga bergan intervyusida 200 ming tinçlikparvar kuçni joylaştiriş haqidagi gaplari notöğri tuşunilganini bildirgan. Uning aytişiça, tinçlikparvar kuçlar soni Ukraina öz armiyasini qançaga qisqartirişga boğliq bölişi kerak.

«Agar biz armiyani 200 ming, 300 ming yoki 500 ming kişiga qisqartirsak, buning örniga şunça boşqa qöşinlar kerak böladi», — degan Zelenskiy.

Avvalroq Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron britan hamda fransuz askarlarini Ukrainaga yuborişni muhokama qilayotgani töğrisida xabar berilgandi.