O‘zbekiston | 10:53 / 03.11.2023
12591
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari iliq ob-havo saqlanib turadi

O‘zbekiston bo‘yicha 3-5 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Ushbu haftaning birinchi yarmida yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va sovuqdan so‘ng, hafta oxiriga kelib O‘zbekistonga yana nisbatan iliq harorat qaytdi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Harorat kechalari +5...+10 daraja, kunduz kunlari +19...+24 daraja, janubda +25...+27 darajagacha bo‘ladi.

Poytaxtda 3-5 noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +7...+10 daraja, kunduz kunlari +20...+23 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid