O‘zbekiston | 07:33 / 03.11.2023
3480
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» Qirg‘izistonga yuk tashish uchun vagonlar beradi

«Toshkent – Baliqchi – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy yo‘lovchi poyezdlari ham ishga tushiriladi.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari

2023 yil 31 oktyabr kuni «O‘zbekiston temiryo‘llari» va «Qirg‘iziston temiryo‘li» davlat korxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri temiryo‘l orqali yuklarni tashish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish edi. Tomonlar Qirg‘izistondan O‘zbekistonga yuk tashish uchun «O‘zbekiston temiryo‘llari» tomonidan vagonlar berish masalasini ko‘rib chiqdi.

Qirg‘iziston mutaxassislarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish masalalari ham kun tartibida bo‘ldi. Tomonlar kadrlar malakasini oshirish va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Uchrashuvning muhim natijasi - «Toshkent – Baliqchi – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy yo‘lovchi poyezdlarining ishga tushirilishi muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, tomonlar «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘lini qurish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. 

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydigan va temiryo‘l tarmog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini aks ettiruvchi tegishli protokol imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid