Norvegiyada Yevropa qit’asidagi birinchi kosmodrom ochildi
Kontinental Yevropadagi birinchi orbital kosmodromdan sun’iy yo‘ldoshlar uchiriladi.

Foto: Andøya Spaceport
Norvegiya shimoliy Annyoya (Andøya) kosmodromini ochdi. Qirollik valiahd shahzodasi Hokon uning ochilish marosimida ishtirok etdi va ramziy lentani kesdi, deb yozdi Space News.
Kosmodrom Nordmolda, Arktika doirasi ichidagi Annyoya orolida joylashgan. Bu Yevropadagi birinchi orbital kosmodrom bo‘lishi kutilmoqda.
9 oy oldin qo‘shni Shvetsiyada Esrange kosmodromi ochilgan edi. Shunday qilib, Norvegiya ham kosmik poygaga qo‘shildi.
Germaniyaning Isar Aerospace raketasozlik kompaniyasi kosmodromning uchirish maydonchalaridan eksklyuziv foydalanish huquqiga ega. Infratuzilma uchirish maydonchasi, foydali yuklarni birlashtirish moslamalari va missiyani boshqarish markazini o‘z ichiga oladi. Kosmodromdan quyosh bilan sinxron orbitaga 700 kilogrammgacha va Yerning pastki orbitasiga 1000 kilogrammgacha yuk tashish uchun mo‘ljallangan ikki bosqichli Spectrum raketasini uchirish mumkin. Hozir kompaniya ushbu raketaning yakuniy sinovlariga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

16:49 / 15.02.2025
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi

22:58 / 04.02.2025