Jahon | 09:24 / 06.11.2023
8333
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina armiyasi shartnoma asosidagi harbiy xizmatga o‘tadi

Konsepsiya Ukraina Qurolli kuchlarining keng ko‘lamli urush davrida ham, tinchlik davrida ham ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan, deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida. Muddatli harbiy xizmatni intensiv tayyorgarlikka almashtirish rejalashtirilgan.

Foto: Pixabay / LukasJohnns

Ukraina armiyasi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga o‘tadi, majburiy harbiy xizmat esa «chaqiruv yoshidagi fuqarolarning intensiv harbiy tayyorgarligi» bilan almashtiriladi. Bu haqda mudofaa vaziri Rustem Umerovning farmoni bilan tasdiqlangan 2028 yilgacha harbiy kadrlar siyosatining yangi konsepsiyasida aytilgan, deb xabar qildi 5 noyabr, yakshanba kuni Mudofaa vazirligi o‘zining Telegram-kanalida.

Konsepsiyada mudofaa sohasida harbiy kadrlar siyosatini kelgusi besh yil davomida – ham harbiy holat davrida, ham tinchlik davrida rivojlantirish bo‘yicha strategik qarashlar belgilab berilgan, deyiladi vazirlik xabarida. Uning maqsadi - «Ukraina Qurolli kuchlarining keng ko‘lamli urush paytida odamlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, Yevroatlantika xavfsizlik makoniga integratsiyalashuv, Ukraina Qurolli kuchlarining NATOga a’zo davlatlarning qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorligi».

Ukraina Qurolli kuchlarida erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar

Hujjatga ko‘ra, Ukrainada Qurolli kuchlarni professional kadrlar bilan to‘ldirishning samarali tizimi faoliyat yuritadi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning martabasini boshqarishda ularning bilim olishi, kasbiy mahoratini oshirish va gender tengligini hisobga olgan holda yangi yondashuvdan kelib chiqadi; armiyada erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.

Shuningdek, konsepsiyada kadrlarni boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilishi va raqamlashtirilishi, harbiy xizmatchilar maoshi va ularni uy-joy bilan ta’minlashning samarali va shaffof tizimi, qo‘mondonlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi madaniyati, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik hayoti uchun munosib shart-sharoitlar ham nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid