Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta to‘qimachilik klasterlari diqqatiga: jin va linter disk arralari xaridi yanada osonlashdi!
Bugungi kunda ko‘plab paxta to‘qimachilik klasterlari jin va linter uskunalari uchun kerakli arrali disklarni katta mablag‘lar evaziga xorijdan olib kelishlari va buning natijasida ushbu ehtiyot qismlar uchun katta miqdordagi pul mablag‘lari sarflanishini ta’kidlashadi. Biroq yurtimizda ham yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan diskli arralar bemalol chet el arralari bilan tenglasha oladi va ushbu mahsulotlarni kerakli miqdorda xarid qilish mumkin.
Bugungi kunda Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan korxona Xitoyning texnologik uskunalaridan foydalangan holda tegishli sertifikatlarga ega sifatli jin va linter arralarini ishlab chiqarmoqda.

Korxona 2017 yilning mart oyida Prezidentimizning Toshkent viloyatiga uyushtirgan tashrifi davomida bergan topshirig‘iga asosan, viloyatda mahalliylashtirish dasturlari asosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ishga tushirilgan. Korxonani to‘liq quvvat bilan ishlatish natijasida 20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni damda korxona ish hajmini oshirish orqali yanada ko‘plab mutaxassislarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan paxta tozalash korxonalari endilikda ishlab chiqarish jarayonida ko‘p miqdorda talab etiladigan jin va linter uskunalari uchun diskli arralarni “NESH GROUP METALL” (avvalgi “Sotton gin”) korxonasidan topishlari mumkin. Ishlab chiqariladigan arralar to‘liq jahon standartlari bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Diskli arralarni texnik ko‘rsatkichlari, ya’ni metallning qalinligi – 0.95 mm., qattiqligi esa korxona muhandislari talabi asosida 36 HR qattiqlikdan 45 HR qattiqlikgacha tayyorlab berish imkoni mavjud.

Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 5 mingtagacha bo‘lib, yiliga 1 mln 200 ming donagacha ichki diametri 100d, 75d, 61.8d va boshqa rusumdagi diskli arralarni ishlab chiqarish imkoniga ega. Odatda paxta tozalash korxonalarida foydalaniladigan diskli arralar har 72 soatda almashtirilib, uning tishi qaytadan ochiladi. Ushbu korxonada ishlab chiqarilgan arralar esa bir marta o‘rnatilgandan so‘ng kamida bir oy davomida ishlash quvvatiga ega. Linter uskunasi uchun ishlab chiqarilgan arralarni ko‘rsatkichlari ham xuddi shunday.
Ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar sifat nazorati va sinov shartlaridan o‘tkaziladi va so‘ngra foydalanishga topshiriladi. Hozirgi kunda biz bilan hamkorlik qilib kelayotgan kompaniyalar mahsulot sifatidan mamnun bo‘lgan holda uzoq muddatli shartnomalar tuzishga harakat qilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan korxonaga qo‘shimcha daromad keltiradi. Shu bilan birga, mahsulotlarni eksport qilish maqsadida bugungi kunda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu davlatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi bilan korxona ishlab chiqarish quvvatini oshirish ko‘zda tutilgan.

“NESH GROUP METALL” korxonasi paxta to‘qimachilik klasterlarini har tomonlama manfaatli hamkorlikka chorlab qoladi. Biz bilan hamkorlik qilish – birinchidan chet eldan olib kelinadigan mahsulot uchun ortiqcha valuta sarf-xarajatlarining oldini oladi, ikkinchidan – sifatli disk arralarini yanada tezroq va osonroq xarid qilish imkonini beradi. Eng muhimi esa, o‘zaro hamkorlik O‘zbekistondagi yana bir mahalliy korxonaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Yana bir yangilik – korxona ushbu mavsumdan boshlab Respublikamizning barcha hududlariga sotib olingan mahsulotlarini bepul yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.
Bizning manzil: Toshkent shahri Bektemir tumani Qumovul MFY
Murojaat uchun telefon: +99893-560-68-36
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
15:34 / 17.12.2025