Jahon | 07:40 / 07.11.2023
4722
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonliklarning 24 ming dollar ish haqi undirib berildi

Rossiyadagi korxonada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 24 ming dollar ish haqi undirib berildi. 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tuladagi “Marandich” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Agentlikning Novosibirskdagi vakili yordamida Baykalorti o‘lkasidagi “Udokan” korxonasida ishlayotgan 15 nafar o‘zbekistonlikning 24 000 AQSh dollari miqdoridagi ish haqi undirib berildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Nijnevartovsk, Blagoveshchenskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar Nijnevartovsk-Namangan, Novosibirsk-Toshkent, Blagoveshensk-Toshkent, Sankt-Peterburg-Urganch aviareyslari orqali vatanga qaytarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid