Ötgan hafta ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida siyosiysini inobatga olmaganda, eng köp muhokama qilingan mavzulardan biri bu – “Xorazmlik amaldorlar işi” böldi.

Kun.uz muxbiri uşbu iş va unda çiqarilgan hukm haqida huquqşunos va inson huquqlari faollari bilan suhbat taşkil qildi.

Suhbat mehmonlari Advokat Razzoq Altiyev, Şvetsiyadagi Markaziy Osiyo inson huquqlari taşkiloti vakili Gulnoz Mamarasulova va Inson huquqlari Ezgulik taşkiloti raisi Abdurahmon Taşanov böldi.

— 3 noyabr kuni Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi tomonidan xorazmlik amaldorlar işida çiqarilgan hukm/ajrim sizda qanday kayfiyat, fikr paydo qildi? Sizningça, işning şu nuqtasiga yetganda adolat qaror topdimi?

Razzoq Altiyev:

 — Qonunçilik nuqtai nazaridan qaraydigan bölsak, sud hukmi qonuniy edi. Adolat masalasi esa ança muhokamali. Sud imkoni mavjud bölgan barça institutlarni qölladi.

Abdurahmon Taşanov:

— Sud hukmi qonuniydir, lekin ijtimoiy adolatga xizmat qilmasligi mumkin. Şu nuqtai nazardan ijtimoiy adolat ta’minlandi deb öylamayman. Huquqiy me’yorlarga töğri kelsa ham, men adolatli deb bilmayman bu jazoni.

Gulnoz Mamarasulova:

— Sud matayeriallari bilan töliq tanişib çiqmaganmiz. Şuning uçun qonuniylik masalasiga huquqşunoslar baho beradi. Lekin adolat, inson huquqlari, xalq ğazabi nuqtai nazaridan kelib çiqadigan bölsak, bu hukm adolatli emas deb hisoblayman. 

— Yuqorida bejiz iş böyiça sizning şaxsiy fikrlaringizni söramadim. Hukm e’lon qilinarkan, tarmoqlarda unga nisbatan bildirilgan köplab izohlarni öqib çiqdim va ularning juda katta qismida norozilikni köriş mumkin. Norozilikki, odamlar oddiy insonlarga kelganda işlagan qonun, jazo, amaldorlarga kelganda işlamaydi, demoqda.

Endi oliy sud ham aytyaptiki, bizda bundan qattiq jazo berişga imkon yöq edi, çunki modda 128, 118 emas. 128 da esa 3 yildan ortiq jazo yöq. Bu yerda hamma gap işni malakalaş masalasida bölgan.

Masalan, Toşkent şahar sudi avvalroq işni Xorazm viloyat prokuraturasiga qayta tergov uçun yuborarkan, işda 118-modda alomati bor, degandi. Işning 128-modda bilan malakalanganiga fikringiz qanday?

Razzoq Altiyev:

— Qonunçiligimizda jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar toifalari bir-biridan ajratib körsatiladi. Nomusga tegiş va voyaga yetmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş alohida jinoyat tarkibini taşkil etadi va oğirlik darajasi bir-biridan keskin farq qiladi. Umuman, jinoyatlar kriminalogik va huquqiy jinoyatlarga ajratiladi. Şunday toifa jinoyatlar borki, ular barça davr va zamonda jinoyat hisoblanadi: nomusga tegiş, odam öldiriş, öğirlik, bosqinçilik... Ayrim jinoyatlarni esa ba’zi jamiyatlar jinoyat deb biladi, ba’zilari esa yöq. Aynan jinsiy jinoyatlar har qanday davrda va joyda jinoyat hisoblanadi.

Jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlik xuquqini farqlab olişimiz kerak. Qonun böyiça 16 yoşdan jinsiy erkinlik beriladi şaxsga. Bu degani şaxs jinsiy hayotini öz xohişi bilan amalga oşirişi mumkin. 16 yoşgaça bölganlar esa jinsiy daxlsiz hisoblanadi, özi xohlasa ham unga jinsiy yaqinlaşib bölmaydi.

118-modda alomatlari bölişi uçun zörlik işlatiş, ojizligidan foydalaniş holatlari bölişi kerak.

: — Iş ommaga oşkor bölgan paytda jabrlanuvçi qizlar majbur bölgani, ukasini urgani, qamab qöygani, ovqat bermagani haqida gapirgan. Bular zörlik işlatiş-ku, bunga nima deysiz?

Razzoq Altiyev:

— Bizda aniq ma’lumotlar yöq. Lekin siz aytayotgan holatlar bölgan bölsa, sözsiz zörlik alomati hisoblanadi. Ruhiy va jismoniy zörlik bunday holat.

Sudda iş yuritişning ma’lum bir bosqiçlari bor. Sud tergovi bosqiçida sud tergov-suriştiruv ötkaziş vakolatiga ega böladi. Qayta körib çiqiş holatida ayblov tergovga qayta yuboriladi, sud aralaşmaydi. Bu holatda ham sud özida bor vakolatdan töliq foydalangan.

Abdurahmon Taşanov:

— Bugungi kundagi bizning JKning 128-moddasi 2-3-qismlari boşqaçaroq işlaydi, ya’ni özgariş böldi. Ayni «Xorazm işi» katta turtki böldi bu özgarişlarga. Qonunlar jamiyatning hissiyotlarini, talablarini qondira oladigan darajada bölişi kerak. Buning uçun Parlamentda muhokamalar bölişi kerak, deputatlar işlaşi kerak.

Xorazm işi boşidan notöğri olib borilgan edi, hozir ham şunday böldi. Iş Oliy sud tomonidan Toşkent şahar sudiga ötkazildi, bu — yaxşi. Lekin nimaga tergov işlari oldin ham tergov qilgan Xorazmdagi organlarga ötkazildi? Bu yerda xolislik prinsipi buzildi. Bu yerda manfaatlar töqnaşuviga öxşaş narsayam bor. Hududiy daxlsizlik nuqtai nazaridan Buxoro yo Qoraqalpoğiston tergov organlariga bersa bölardi, masalan. Aynan Xorazmning öziga qaytardi. Xorazm prokurori bilan Adliya bölimi boşliği birga çoyga borgan, bir dasturxondan non yegan. Yuz yuzga, köz köziga tuşgan odamlar ular. Adolatsizlik deb hisoblayotgan narsalarimdan biri şu.

Sudniyam juda bir noiloj körsatiş kerakmas. Vakolat doirasida qöldan kelganini qildik, degan vajlar qildi. Prokuratura, tergov organlariga boğlanib qolyapti ekan, çiqsin talab qilib. Butun dunyoda jinoyatni jazolaşning, aniqlaşning asosiy negizi sudlar, nega endi bizning sudlar tergovga boğlanib qolişi kerak? Bu işning ijtimoiy ahamiyati juda yuqori. Odamlar bekorga jazavaga tuşib norozi bölayotgani yöq. Sud tergovi ötkazilsin edi.

Razzoq Altiyev:

— JKning 13-moddasida şunday deyilgan: «Qilmişning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana şu qilmiş sodir etilgan vaqtda amalda bölgan qonun bilan belgilanadi». Qonun ortga qaytmaydi. 128-moddada jazolar oğirlaştirildi, lekin uşbu moddalarni bu işda qöllab bölmaydi.

Voyaga yetmaganlar bilan boğliq jinoyatlarda jazo qat’iy bölişi kerak. Muammo faqat moddalarni takomillaştiriş yoki oğirlaştiriş bilan yeçilmaydi. Töğri, sud qonuniy me’yordan çetga çiqolmaydi. Lekin bir narsa ham bor. Xorazm voqeasida davlat amaldori bölgani uçun norozilik köp böldi va şuning ortidan qonunçilikka özgartiriş kiritildi. Ammo bu oğirlaştirilgan jazoga oddiy fuqarolar yengilroq holat uçun ham tuşib qolyapti. Masalan, ölim holatiga olib kelgan jinoyatlar bilan boğliq 70 ta holat körsatilgan JKda, lekin faqatgina bittasida umrbod qamoq jazosi bor. Ya’ni ijtimoiy adolat masalasi bor. Muammo sud yoki jazoni oğirlaştiriş orqali hal bölmaydi. Tizimni örganiş kerak.

Gulnoz Mamarasulova:

— Norozilik keltirib çiqarayotgan sabablardan biri jinoyat qonun ustuvorligini ta’minlaşi kerak bölgan şaxslar tomonidan sodir etilgani. Xalqda tizimga nisbatan işonçsizlik uyğotişi mumkin.

Sud hukmi adolatsiz böldi degan fikr nima uçun bölyapti? Jabrlanuvçi qizlarning ukalariga, öziga tahdid qilib bosim ötkazilgan, qörqitilgan, deyilyapti. Bu ham alohida jinoyat. Keyin, qarovçi ayolga oğirroq jazo berilib, bu ikkalasi yengilroq bölgani masalasi ham kötarilyapti. Umuman, mana şunday sabablar norozilikka, tizimga işonçsizlikka sabab bölyapti. Endigina voyaga yetayotgan qizlarning hayotini barbod qilyapti, lekin bunday juda yengil jazo berilyapti. Adolatli jazo böldi deb hisoblamayman.

Abdurahmon Taşanov:

— Qonunçilik doirasida iş böldi degani adolatli degani emas. Prinsipial qarşi emasman. Deylik, bir köçaga yöl çiziği notöğri çizilgan bölsa, ertaga jabri köriladi. Qonunçilikda ham xuddi şunday. Şu paytgaça şu turdagi jinoyatlar uçun jazo kuçaytirilmagani uçun mana jabrini kördik, ijtimoiy notenglikka ham olib keldi. Aslan qonunlarimiz notöğri edi, tan oliş kerak. Birorta huquq organi mutasaddisi çiqib şu paytgaça qonunlar notöğri edi, endi töğrilandi, deb tan olmadi, şunda odamlarning ğazabi biroz bosilardi. Odamlar — fuqarolar savol berişga doim haqli. Jamoatçilikni nohaq deb bölmaydi şuning uçun.

Suhbatni Ilyos Safarov olib bordi.
Tasvirçi – Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.