Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda Turkiya sarmoyasi ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Xorazm viloyati hokimligi va Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi mutasaddilari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Vebinarda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining Turkiya-O‘zbekiston qo‘mitasi raisi Ozgur Onur Ozgyuven, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Davletov, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori Mansur Rasulev, shuningdek ikki mamlakat diplomatlari, Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan turkiyalik investorlar qatnashdi.
Hududning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, ipakchilik va oziq-ovqat sanoati hamda "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi haqida Turkiya tomoniga batafsil ma’lumot berildi.
Vebinarning turkiyalik ishtirokchilari Xorazm viloyatida energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
Onlayn uchrashuv davomida Turkiya tomonini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026