Jahon | 13:21 / 09.11.2023
11528
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Polshadan Patriot zenit-raketa komplekslarini olib chiqib ketadi

Germaniya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Polsha janubi-sharqida Ukraina bilan chegaradagi raketa tahdidi bilan bog‘liq missiya boshlanganidan o‘n oy o‘tib tugayapti. 

Foto: REUTERS/Murad Sezer

Polshada Patriot havo mudofaa tizimlari joylashtirilganidan o‘n oy o‘tgach, Bundesver bu missiyani tugatmoqda. Germaniya Mudofaa vazirligi 8 noyabr, chorshanba kuni xabar berishicha, 10 noyabrdan boshlab Polsha qurolli kuchlari havo mudofaasini amalga oshirishni yana o‘z qo‘liga oladi. 

Germaniya harbiy mahkamasi boshlig‘i Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya - NATO doirasidagi «juda muhim birdamlik belgisi», shuningdek, Germaniya va Polsha o‘rtasidagi yaqin ikki tomonlama munosabatlardan darak bergan. Har ikki davlat ham «yelkama-yelka turib, NATOning sharqiy qanotini himoya qildi», dedi u. 

Patriot tizimlari yanvar oyida Polshaning janubi-sharqida joylashtirildi 

2022 yil noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina bilan chegaradan 5 km uzoqlikdagi Polshaning Pshevoduv qishlog‘iga raketa tushganidan so‘ng Berlin Varshavaga Polsha havo hududini himoya qilish uchun Patriot zenit-raketa tizimlarini taklif qildi. Polsha buni qabul qildi, 2023 yil yanvar oyi o‘rtalarida Ukraina bilan chegara yaqinidagi Zamoss shahri yaqinida g‘arb davlatlari ko‘magida bir yildan ortiq vaqtdan beri harbiy agressiyani qaytarayotgan uchta nemis kompleksi joylashtirildi. Missiya dastlab olti oyga rejalashtirilgan edi, yozda u yil oxirigacha uzaytirildi. 

Raytheon kompaniyalar guruhining Patriot kabi quruqlikdagi havo mudofaa tizimlari ko‘rish chizig‘i bo‘ylab nishonlarni tutib olish uchun mo‘ljallangan. Ularning yordami bilan havodagi yirik obektlar - samolyotlar, dronlar va raketalarga qarshi kurashish mumkin. Patriot majmuasi radar tizimi va bir nechta mudofaa raketalarini uchirish qurilmalaridan iborat. U 50 tagacha yaqinlashayotgan nishonlarni kuzatish va bir vaqtning o‘zida beshta obektni urib tushirish imkoniyatiga ega. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid