Zelenskiyning aytişiça, u mamlakatini RFning tungi dronlar hujumlaridan himoya qiliş maqsadida xalqaro hamkorlar bilan işlayapti. Ammo hozirça Buyuk Britaniya va boşqa ittifoqçilar Kiyevning uzoq vaqtdan beri kiritayotgan söroviga qaramay, mamlakatning markaziy va ğarbiy qismi ustida havo patruli uçun öz harbiy samolyotlarini yuborişdan boş tortyapti.
YeI va Buyuk Britaniya yordami yetarlimi, degan savolga Zelenskiy şunday javob berdi: «U heç qaçon yetarli emas. Yetarli qaçon böladi — uruş tugaganda. Va yetarli qaçon böladi — Putin töxtaşga majbur bölganini tuşunganda». Şu bilan birga, u Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan iliq munosabatlarini ta’kidlab, Kiyevga yordam yetişmasligida vaziyat şaxsan Starmerga boğliq emasligini qayd etdi.
The Guardian eslatişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatining harbiy iştirokini istisno qilgaç, Fransiya va Buyuk Britaniya ehtimoliy tinçlik kelişuvi doirasida öz harbiylarini Ukrainaga yuborişga va’da bergan. «Buyuk Britaniya harbiylari oldinroq kelib, masalan, Ukraina–Belarus çegarasida mudofaa pozitsiyalari egallaşini istarmidingiz?» degan savolga Zelenskiy: «Albatta. Biz köp narsalarni söraganmiz, şu jumladan qurol-yaroğ va YeI hamda NATOga a’zo bölişni», — deb javob berdi.
Şu bilan birga, u Yevropa davlatlarining Ukrainada qurollar masalasiga, janglar davom etayotgan bir paytda, ehtiyotkorlik bilan yondaşayotganini aytdi. «Liderlar öz jamiyatlaridan qörqadi. Ular uruşga çalğişni xohlamaydi», — dedi Zelenskiy. Unga köra, qöşin joylaştiriş haqidagi qarorni ayni davlatlarning özi qabul qilişi lozim.
U haddan taşqari bosim ötkazsa, Kiyev «hamkorlarining moliyaviy va harbiy yordamini yöqotiş xavfiga duç kelişi» mumkinligini ham qayd etdi.
Intervyuning keyingi qismida Zelenskiy Ukrainadagi uruş tugamasidan oldin ham Rossiya Yevropaning boşqa bir mamlakatiga qarşi «ikkinçi front» oçişi mumkinligini bildirdi. Polşa ustida, şuningdek, Bryussel, Kopenhagen va Myunxen aeroportlari yaqinida paydo bölgan noaniq dronlarni u frontda sezilarli ilgarilay olmayotgan Rossiyaning boşqa hududlarni «qidirişi» mumkinligi bilan boğladi.
8 noyabr kuni Ukrainadagi yirik elektr energetika korxonalaridan biri — “Tsentrenergo” Facebook’da Rossiyaning tungi havo zarbasidan söng barça IES işdan töxtaganini ma’lum qildi. 9 noyabrda mamlakatning qator hududlarida vaqtinça elektr uzilişlari kuzatildi.
The Guardian yozişiça, Zelenskiy bilan Mariinskiy saroyidagi suhbat paytida çiroq ikki marta öçgan, elektr ta’minoti zaxira generatorlari hisobidan tiklanib turgan. «Bizda hayot şunday. Bu odatiy. Kiyevda ham, boşqa joylarda ham elektrda uzilişlar bölib turadi», — degan Zelenskiy.


















