Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy havo hujumidan mudofaa (HHM) uçun zenit raketalarining Yevropada işlab çiqarilişini yölga qöyiş tarafdori ekanini bildirdi. «Ukraina bu haqda AQŞ bilan avval ham gaplaşgan — Yevropada, ayniqsa Patriot uçun yetarli hajmda raketa işlab çiqarişni yaratiş zarurligi haqida. Işlab çiqarişga litsenziyalar böyiça va’dalar bölgan, ammo AQŞ haligaça tegişli qarorni qabul qilmadi. Biz uni ham Ukrainada, ham NATOdagi hamkorlarimiz bilan mintaqada — Ruminiya, Polşa va h.k. bilan birga taşkil etişni taklif qilgan edik», — dedi Zelenskiy seşanba, 17 fevral kuni özining videomurojaatida.

Şu bilan birga, Volodimir Zelenskiy Yevropa davlatlari zarur işlab çiqariş hajmlarini ta’minlay olişiga işonç bildirdi, ammo bu işni jadallaştiriş sur’atlari yetarli emasligini ta’kidladi. «Bunday qarorlar, bunday işlab çiqarişlar, albatta, barçamizni, butun Yevropani kuçaytirgan bölardi», — deya urğu berdi Ukraina prezidenti.

Ukraina prezidenti bir neça bor Kiyevning ğarblik hamkorlarini yetkazib berişlarni, avvalo Patriot HHM tizimlari uçun raketalarni tezlaştirişga çaqirgan. Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Zelenskiy yana bir bor şu iltimosini takrorladi: u qişki sovuqlarda Rossiyaning energetika obektlariga zarbalariga qarşi Ukraina şaharlarini himoya qilişga çaqirdi.

Rossiya va Ukraina vakillari 17 fevral kuni AQŞ vositaçiligida Jyenevada muzokaralarni qayta boşladi. AQŞ vositaçiligida Abu-Dabida ötgan avvalgi ikki raund muzokaralar jiddiy yutuq keltirmagan edi. AFP agentligi Berlindagi hukumat manbalariga tayanib xabar qilişiça, Jyenevadagi Rossiya—Ukraina muzokaralarida Germaniya va boşqa Yevropa mamlakatlari vakillari ham qatnaşadi.

Italiyaning La Stampa naşri ma’lumotlariga köra, gap Italiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya vakillari haqida ketmoqda — ular maslahatlaşuvlarda bevosita iştirok etmayapti. Jumladan, u yerda Gyunter Zautter — Germaniya kanslerining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi ham bor.