Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda M39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi
M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Boysun tumanidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘l qatnov qismiga chiqib kelgan. Hozirda sel oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Kecha, 8 noyabr kuni M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining Surxondaryo viloyati Boysun tumani Chilonzor mahallasidan o‘tgan qismida sel-suv toshqinlari yo‘lning qatnov qismiga chiqib kelgan.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hodisa joyiga tuman hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari xodimlari yetib borgan va vaziyat nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda sel-suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, yo‘ldagi loy-shag‘al aralashmasini tozalash ishlari olib borilmoqda. Transport harakati tiklangan.



Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim xonadonlar va boshqa obektlarda suv to‘plamlarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bundan oldin, joriy yil 8-9 noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar natijasida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.



Mavzuga oid
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
18:28 / 20.06.2026