Samarqandda ota farzandlari uchun 300 million so‘m aliment to‘ladi
Avvaliga qarzdor otaning barcha mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan.
Qo‘shrabot tumanida ota farzandlari uchun 300 million so‘m aliment to‘ladi. Bu haqda MIB matbuot kotibi Kun.uz’ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.L.dan undiruvchi S.Q.ga uch nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan ijro hujjati byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 21, 87-moddalariga ko‘ra tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Byuroning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng qarzdor farzandlari uchun biryo‘la 300 million so‘m aliment pulini to‘lab bergan.
Mavzuga oid
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024