Jahon | 14:51 / 11.11.2023
3617
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada Rossiya OAVga qarshi sanksiyalar kiritdi

Kanada urush tashviqotini tarqatishda ishtirok etgan deb hisoblagan shaxslar va tashkilotlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Foto: Markiyan Lyseiko/Photoshot/picture alliance

Kanada «harbiy tashviqotni tarqatishda ishtirok etgan» Rossiyaning 9 nafar jismoniy va 6 ta yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deb xabar qildi Kanada TIV 10 noyabr, juma kuni.

«Ushbu sanksiyalar Kreml tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dezinformatsiya va urush tashviqotidagi roli orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga bevosita hissa qo‘shayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanmoqda», - deyiladi Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Uchta ommaviy axborot vositasi sanksiyaga tortildi: «Izvestiya» gazetasi, «Parlamenskaya gazeta» va «REN-TV» telekanali, shuningdek, RT Russia Beyond media-loyihasi. Bundan tashqari, «Yagona Rossiya» partiyasi hamda Rossiya Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tomonidan tashkil etilgan Ijtimoiy konservativ siyosat markaziga ham cheklovlar qo‘yildi.

Xonanda Jasmin va yangi tarix darsligining hammuallifi sanksiyaga tortildi 

Sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar orasida qo‘shiqchi Jasmin, Rossiya sobiq tashqi ishlar vaziri Igor Ivanov, mudofaa vaziri maslahatchisi Andrey Ilnitskiy, Rossiya tarix jamiyati hamraisi va yangi tarix darsligi hammuallifi Aleksandr Chubaryan, Rossiya TIV «MGIMO» xalqaro aloqalar fakulteti institut dekani Andrey Sushensov, Rossiya xalqaro aloqalar kengashi dastur direktori Ivan Timofeyev, «Valday» klubi dastur direktori Oleg Barabanov va «MGU» dotsenti Aleksandr Konkov ham bor. 

Kanada Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Kanada «Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishda ishtirok etgan» Rossiya, Belarus, Ukraina va Moldovadagi jami 2700 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘ygan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid