Jahon | 17:49 / 11.11.2023
18232
5 daqiqa o‘qiladi

Xandaqlarda suv va loy - kuzda front qanday o‘zgarmoqda. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 625-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Odessa oblastida dachalar kooperativi o‘qqa tutildi. Uch kishi yaralangan, ular orasida — 96 yoshli ayol ham bor.
  • Ukraina QK bosh qo‘mondoni Rossiya armiyasi Avdiyivkaning bir oylik shturmi davomida 10 ming kishi yo‘qotganini ma’lum qildi.
  • Bloomberg YeI Ukrainaga 2024 yil martiga qadar millionta o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha va’dasini bajara olishi dargumon ekanini xabar qildi.
  • Mariupoldan olib ketilgan, keyin jsa Moskva oblastidagi harbiy komissariatda chaqiruv qog‘ozi olgan o‘smir Ukrainaga qaytadi.
  • «DXR» sudi Mariupol mudofaasida qatnashgan va asir tushgan 37 yoshli Vitaliy Matviyenkoni 30 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
  • Ukraina razvedkasi Qrimda Rossiyaning desant kemasiga zarba berilganini xabar qildi.
  • Reuters agentligiga ko‘ra, Yevroittifoq agar Vengriya Ukrainaga yangi yordam paketiga veto qo‘ysa, B rejasiga ega ekani haqida ma’lum qildi.

Kun kadri. Xerson oblasti o‘qqa tutilishi

Xerson yaqinidagi Kiselevka qishlog‘iga raketa zarbasidan vayron bo‘lgan xususiy ferma hududi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Toretsk atrofidagi okoplarida kuzgi loygarchilik

Donetsk oblastining Toretsk shahri yaqinidagi kuzatuv punktida turgan ukrain piyodasi. Shahar so‘nggi vaqtlarda Rossiya artilleriyasi tomonidan muntazam o‘qqa tutilmoqda. Ukraina tomoniga ko‘ra, zarbalar oqibatida tinch aholi vakillari ham halok bo‘lmoqda
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Horlivkaning ko‘rinishi, 2023 yil 9 noyabr. Horlivka 2014 yil aprelidan buyon «DXR» kuchlari nazoratida. Shahar tutashuv chizig‘idan bir necha kilometr ichkarida joylashgan va keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon intensiv ravishda o‘qqa tutib kelinadi.
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik piyoda yomg‘irdan keyin transheya bo‘ylab ketmoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukrainalik askarlar transheyani loydan tozalamoqda
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukrainaning Toretsk yaqinidagi pozitsiyalari atrofida o‘rnatilgan tankka qarshi minalar
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Xerson oblastidagi ukrain sapyorlari

Ukrainalik sapyorlar maydonda portlovchi qurilmalar bor-yo‘qligini tekshirmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain sapyorlari tomonidan topilgan artilleriya snaryadlari
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain sapyorlari baravar o‘t ochish reaktiv tizimi raketasini kavlab olmoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Sapyorlar tomonidan tekshirib bo‘lingan hudud
Viacheslav Ratynskyi / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina armiyasining Xarkiv oblastidagi pozitsiyalari

 Xarkiv oblastidagi frontda rossiyaliklarning pozitsiyasi o‘qqa tutilishi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik harbiy Xarkiv oblastidagi front chizig‘idagi o‘rmonzorda ketmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainaning Oleksi Dovbush nomidagi 68-alohida yeger brigadasi harbiylari Xarkiv oblastidagi pozitsiyada
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar janglar oralig‘ida dam olmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Chasiv Yardagi harbiy texnika

Chasiv Yar aholisi vakili velosipedda ukrain armiyasining zirhli texnikasiga yo‘l bo‘shatib bermoqda. Chasiv Yar — Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblasti Baxmut hududidagi ta’minotida muhim o‘rin tutadi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Kiyevdagi Volodimir yodgorligida yorug‘lik shousi

Volodimir Velikiy yodgorligi — Kiyevning norasmiy ramzlaridan biri sanaladi. 10-12 noyabr kunlarida ispaniyalik rassom Pablo Valbuena shaharda o‘zining «Xayoliy poeziya» nomli audiovizual performansini o‘tkazdi. Bu shahardagi uchta yodgorlikni o‘z ichiga oladi — Dnipro sohili bo‘ylab markaziy maydonlarda joylashgan Volodimir Velikiy, Grigoriy Skovoroda va Bogdan Xmelnitskiy. Valbuena otishmalar vaqtida haykallarni shikastlash uchun o‘rnatilgan konstruksiyalardan yorug‘lik shousi uchun polotna sifatida foydalangan — ularga ichkaridan chiroqlar o‘rnatilgan, atrofda esa 10 nafar ukrain shoirlari she’r o‘qib turgan.

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Rossiyalik harbiyning reabilitatsiya jarayoni 

Novosibirskdagi rossiyalik harbiylar tiklanish jarayonini o‘taydigan «Lesnoy» reabilitatsiya markazi
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Mavzuga oid