“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi IPO joylashtirish jarayonini boshladi
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urta tashkiloti - “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi Road show – “Toshkent” respublika fond birjasida aksiyalarning birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) o‘tkazish uchun salohiyatli investorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishini e’lon qildi.

Ushbu IPO joylashtirish doirasida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan 14,1 million dona imtiyozli aksiyalar chiqarildi, bu kompaniya ustav kapitalining 5 foizini tashkil etadi. Aksiyalardan kafolatlangan qat’iy dividend daromadi “O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi + 10%” darajasida belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich yillik 24 foizni tashkil etadi.
IPO joylashtirish taqdimoti 28 noyabr kuni soat 10:00 da poytaxtdagi Hilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. “O‘zbekinvest” kompaniyasi rahbariyati va ushbu aksiyalar taklifining anderrayteri – KAP DEPO investitsiya kompaniyasi “O‘zbekinvest”ning rivojlanish strategiyasi, moliyaviy ko‘rsatkichlari va biznesning o‘sish istiqbollarini taqdim etadi.
2023 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan yig‘ilgan mukofotlar hajmi 938,4 milliard so‘mni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 2,1 martaga o‘sdi.
2017 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida yig‘ilgan mukofotlar miqdori 9 barobarga oshdi.
Milliy mahsulot va xizmatlar eksport qiluvchilarga 1,8 mlrd AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi taqdim etildi. Kompaniya jahonning 58 davlatiga respublikaning noxomashyo eksportining 35 foizini sug‘urta himoyasi bilan ta’minladi.
Korporativ segmentida sug‘urta mukofotlari xajmi 2022 yilning 9 oyi yakunlariga nisbatan 3,4 barobar o‘sish bilan 479 milliard so‘mni tashkil etdi, yuridik shaxslar bilan 70 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Jismoniy shaxslarni sug‘urtalash segmentida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga o‘sish bilan 65,1 mlrd so‘m miqdorida mukofotlar yig‘ildi. Joriy yilning 9 oyida jismoniy shaxslar bilan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga o‘sish bilan 713,4 mingta shartnoma tuzildi. “Mahallabay” loyihasi doirasida joriy yilning 9 oyi davomida 30,2 milliard so‘mlik sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta’minlandi.
Bugungi kunda “O‘zbekinvest” dunyoning 120 ta davlatida qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirmoqda, shu bilan birga, xalqaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash bozorlaridan tushgan sug‘urta tushumlari umumiy sug‘urta tushumlari hajmining 80 foizidan oshdi.
2023 yilning may oyida «katta uchlik» xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ijobiy», «Ba3» darajasiga ko‘tarilganini rasman e’lon qildi.
Ushbu aksiyalarni joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni anderrayterning Telegram-kanalida olish mumkin.
So‘rovlarni qabul qilish uchun KAP DEPO mutaxassisidan Telegram orqali onlayn yordam xizmati mavjud: https://t.me/kapdepo_support.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

11:00 / 15.05.2025
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi

11:00 / 22.04.2025
"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi

10:00 / 11.12.2024
"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

10:30 / 19.11.2024