Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV tizimidagi tibbiyot xodimlarining maoshi oshiriladi
Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlovchi oliy va birinchi toifali tibbiyot va farmatsevtika xodimlari maoshi 2024 yil 1 yanvardan 15 foizga oshiriladi.
Bugun, 20 noyabyar kuni imzolangan prezident 197-sonli prezident farmoni bilan, ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining (maxsus va harbiy unvonga ega bo‘lgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) oylik lavozim maoshlari quyidagicha oshiriladi:
- oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;
- ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;
- tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi tartibda maoshlarning oshirilishi 2022 yil 1 iyundan boshlab umumiy davlat tibbiyot muassasalari uchun tatbiq etilgan edi.
Mavzuga oid
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026
Toshkentda yirik kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026