AQSh Kiyevga 100 mln dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qildi
Kiyevga harbiy yordamning yangi paketi doirasidagi Amerika yuklari Pentagonning o‘z zaxirasidan amalga oshiriladi.
AQSh Mudofaa vazirligi 20 noyabr, dushanba kuni Ukrainaga 100 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi.
Unga Stinger zenit kompleksi uchun qo‘shimcha raketalar, bitta HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) yalpi o‘t ochuvchi reaktiv tizimi va uning o‘q-dorilari, 155 mm va 105 mm artilleriya snaryadlari, Javelin va AT-4 tankka qarshi komplekslar, TOW raketalari, 3 milliondan ortiq o‘q-dorilar va sovuq havo uchun jihozlar kiritilgan.
Qurollar AQSh armiyasi zaxiralaridan yetkazib beriladi
AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, yangi paket Presidential Drawdown Authority dasturi doirasida taqdim etilgan va Pentagon zaxirasidan qurollar ajratishni nazarda tutadi.
«Bu qo‘shimcha artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa uchun qo‘shimcha tutib oluvchilar, shuningdek, bir qator tanklarga qarshi qurollar bilan ta’minlaydi», dedi Ostin Kiyevga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShga yangi yordam paketi uchun minnatdorchilik bildirdi. «Hozirda zarur hisoblangan artilleriya - snaryadlar ko‘proq bo‘ladi», deb yozgan u.
AQShda Ukrainaga yordamni davom ettirish bo‘yicha haligacha kelishib olingani yo‘q
AQSh ma’muriyati Ukrainaga yordam berish uchun tasdiqlangan mablag‘ning 96 foizini noyabr oyi boshiga qadar sarfladi, dedi Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi. Umuman olganda, 2022 yil fevralidan beri Kongress Ukrainaga 113 milliard dollar ajratdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 61,4 milliard dollar va Isroilga 14,3 milliard dollarlik yangi yordam paketini so‘radi. AQSh Kongressidagi qarama-qarshiliklar tufayli uni tasdiqlash kechiktirildi. Kelishilgan vaqtinchalik budjetdan Ukrainaga yordam berish bandi olib tashlandi. Respublikachilar va demokratlar bunday qo‘llab-quvvatlash shartlari bo‘yicha hali kelishuvga erishgani yo‘q.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024