Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlat rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPeKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli fond tashkil etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
SPeKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida 1998 yil 26 mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq ta’sis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – O‘zbekiston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston.
Shu kunlarda Boku shahrida SPeKAning qator ishbilarmonlik tadbirlari, shu jumladan iqtisodiy forum va Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanoat salohiyati ko‘rgazmasi o‘tmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
12:49 / 18.06.2026