Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niagaradagi portlash, Falastinni tan olishga tayyor Ispaniya, tushayotgan neft narxi - kun dayjesti
Kun davomida jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, yangiliklarning qisqa va lo‘nda tafsilotlari bilan odatdagidek Kun.uz’ning yangi loyihasi — Jahon xabarlari dayjestida tanishtiramiz.
AQSh-Kanada chegarasidagi Niagara sharsharasi yaqinida AQSh va Kanada o‘rtasidagi Kamalakli ko‘prikda avtomobil portlab ketib va ikki kishi halok bo‘ldi. Voqeada AQSh chegara xizmatining bir nafar xodimi yaralangan. Federal tergov byurosi tergov ishlarini olib bormoqda. Hodisa terakt bo‘lishi mumkinligi ham gumon qilinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, AQShdan Kanadaga ketayotgan avtomobil qarama-qarshi bo‘lakda katta tezlikda chegara o‘tish joyiga yaqinlashgan. Yuz bergan to‘qnashuv va portlash tufayli AQSh va Kanada o‘rtasidagi avvaliga to‘rtta chegara punkti vaqtincha yopildi. Buffalo Niagara xalqaro aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Ayni damda Kamalakli ko‘prik yopiqligicha qolmoqda, ammo qolgan o‘tish joylari bo‘ylab harakat tiklangan.
Falastin mustaqilligini tan olishga tayyor davlatlar yana bittaga ko‘paydi va bu Ispaniya.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat Falastin mustaqilligini yaqin vaqtlar ichida tan olishga tayyorligini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga ma’lum qiladi. Nashrga ko‘ra, Sanches buni Isroilga tashrifi vaqtida aytadi.
Bu orada Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azo sektorida otashkesim rejimi buzilsa jangovar harakatlar tiklanishini bildirdi. U shuningdek, TsAHAL muvaqqat sulh kunlaridan urushni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydalanishini aytdi, deb yozadi The Times of Israel nashri.
Muvaqqat otashkesim e’lon qilinganiga qaramasdan, so‘nggi bir kun ichida G‘azoda o‘ldirilganlar soni 404 kishiga ortdi va jami 14 ming 532 nafarga yetdi. Ularning 6 mingdan ziyodi yosh bolalar. Yaradorlar soni esa 30 mingdan oshgan. 7 mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanadi.
Pentagon rahbari Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishga chaqirdi.
Ukraina mudofaasi bo‘yicha 50 da davlatdan iborat «Ramshtayn» aloqa guruhining 17-virtual yig‘ilishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina ham, Isroil ham shafqatsiz dushmanlarga duchor bo‘lganini ta’kidlagan.
«Biz Eron HAMAS va Putinni qurollantirib, G‘azoda ham, Ukrainada ham mojaroni alangalatayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Eron tomonidan Kreml va HAMASning qo‘llab-quvvatlanayotgani Ukrainaga ham, Yaqin Sharqdagi tinchlikka ham, jumladan xalqaro tartibga ham raxna soladi», — degan Lloyd Ostin.
Shu yig‘ilishda Ukraina mudofaa vaziri so‘nggi olti haftada Rossiya armiyasi 36 ming askaridan ayrilganini ta’kidladi.
«Rossiya to‘xtatishni rejalashtirayotgani yo‘q. Moskva tushunadigan yagona til — kuch-qudrat. Biz bu tilni juda yaxshi o‘rganib oldik», — dedi Rustam Umerov.
Umerovning qayd etishicha, Ukraina Rossiya kemalarini Qora dengizdan chetlatishga muvaffaq bo‘lgan, dengizda erkin suzishni tiklay olgan. Bundan tashqari, g‘arb davlatlari tomonidan yetkazib berilgan qurol-yarog‘lar frontdagi vaziyatni o‘zgartira olgan.
Mavzuga oid yana bir xabar: BMT Ukrainada urush boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq tinch aholi vakillari o‘lganini tasdiqladi. O‘ldirilganlar orasida rasman tasdiqlangan bolalar soni — 560 nafar. BMT monitoring missiyasi o‘tgan davr ichida 18,5 ming kishi yaralanganini ham qayd etgan.
Rossiya bilan chegarani butunlay yopish bilan tahdid qilgan Finlandiya chegarada tuynuk qoldirdi.
Finlandiya Rossiya bilan o‘zaro chegaradagi to‘qqizta nazorat o‘tkazish punktidan sakkiztasini yopishga qaror qildi. Faqat eng shimoliy nuqtada joylashgan Rayya-Yoosepi nazorat o‘tkazish punkti ochiq qoldirilmoqda. U o‘tkazish punktlari ichida eng kam quvvatlisi bo‘lib, sutkasiga to‘rt soat ishlaydi, xolos.
Finlandiya hukumati chegaralarni to‘liq yopishga urinib ko‘rdi. Biroq bu Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga zid kelishi tufayli nomiga bittasini ochiq qoldirishga majbur bo‘ldi. Finlandiya rasmiy Moskvani migratsion krizis yaratish maqsadida hujjatlarisiz xorijlik migrantlarni chegaraga olib kelib tashlashda ayblab kelmoqda.
Jahonda neft narxi 80 dollardan pastga sho‘ng‘imoqda
OPEC+ energetika vazirlarlarining yuzma-yuz uchrashuvini 26 noyabrdan 30 noyabrga kechiktirishi to‘g‘risidagi xabarlar fonida Brent nefti kotirovkalari 4 foizga pastlagan va neftning bir barreli 82 dollardan 79 dollarga tushgan.
Goldman Sachs investitsion banki neft narxi oshishi uchun Rossiya va Saudiya Arabistoni 2024 yilning birinchi choragida neft qazib olishni qisqartirishi mumkinligi, OPEC+ tomonidan qazib olishni qisqartirish ehtimolini 35 foizga baholagan. Qisqartirish hajmi sutkasiga 0,5–1 mln barrelni tashkil etishi mumkin.
Niderlandiyada navbatdan tashqari parlament saylovlarida kutilmaganda o‘ta o‘ng Ozodlik partiyasi g‘olib chiqdi.
Bu Yevropada skeptiklar hukmronligi ostidan yana bir beqaror parlament vujudga kelganini anglatadi. Partiya rahbari Gert Vilders saylovchilarga Yevropa Ittifoqini tark etish bo‘yicha referendum va «mamlakatni hollandlarga qaytarish»ni va’da qilgan. U shuningdek Niderlandiya parlamentida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning chiqishini boykot qilgani bilan ham mashhur bo‘lgan. Lekin shunga qaramasdan, hozircha uni «Putinning ittifoqchisi» deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:00
Kelishuv imzolagan prezidentlar va Moskva osmonida yuzlab dronlar – kun dayjesti
14:41 / 17.06.2026
G7'da ko‘tarilgan masalalar va Rossiya neft sanoatini nishonga olayotgan Ukraina – kun dayjesti
15:42 / 16.06.2026
AQSh va Rossiyada bombardimonchilar quladi, Shvetsiyada muhojirlar uchun yangi tartib – kun dayjesti
13:51 / 15.06.2026