Ukrainada xizmat muddati tugagan harbiylar demobilizatsiya qilinadi
Oliy bosh qo‘mondonlik shtabida ukrainalik harbiy xizmatchilarni demobilizatsiya qilish masalasi muhokama qilindi.

Xizmat muddati tugagan ukrainalik harbiy xizmatchilar demobilizatsiya qilinadi. Bu haqda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Ukraina radiosiga bergan eksklyuziv izohida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur masala Oliy bosh qo‘mondonlik shtabida muhokama qilingan va tegishli qaror qabul qilingan.
«Oliy bosh qo‘mondonlik shtabi yig‘ilishida bu masalaga katta e’tibor qaratildi. Chunki biz, birinchi navbatda, mudofaa uchun zarur bo‘lgan shaxslarni armiyaga jalb qilish masalasini adolatli hal etishimiz lozim edi. Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan shaxslarga kelsak, prezident shu masalani ko‘tardi va harbiylar yaqin orada ularni demobilizatsiya qilishga rozi bo‘ldi», dedi Danilov.
U bu qaror adolatli ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, xizmat muddati tugagan, ammo armiyada qolishni xohlovchilar shartnoma asosida buni amalga oshirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ukraina Oliy Radasi 8 noyabr kuni 2022 yil fevralidan beri davom etayotgan harbiy holat va safarbarlik muddatini 90 kunga uzaytirdi. Ukrainaning 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolari harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin. 15 toifadagi fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydi, shuningdek, safarbarlikdan vaqtincha ozod etilganlar ham bor.
Shu bilan birga, harbiy holat tugagunga qadar harbiy xizmatni tark etish imkoniyati taqdim etilmaydi, ammo ta’tilga chiqish mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:56
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

09:38
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:51
«U Putindan cho‘chimadi» - Kreml Zelenskiyni chetlatish orqali Ukrainani bo‘ysundirishga intilyapti

01:11
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

15:05 / 31.03.2025