Jahon | 01:07 / 24.11.2023
8336
1 daqiqa o‘qiladi

Urush yana kamida ikki oy davom etadi - Isroil mudofaa vaziri

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh qisqa muddat bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant 23 noyabr kuni sulh qisqa muddat bo‘lishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi otashkesim kelishuvidan keyin oldinda kamida yana ikki oylik urush bor.

«Bu (sulh) qisqa muddat bo‘ladi, shundan so‘ng shiddatli janglar davom etadi va biz garovga olinganlarning ko‘prog‘ini qaytarish uchun dushmanga bosim o‘tkazamiz. Yana kamida ikki oylik janglar kutilmoqda», deb uning so‘zlarini keltirdi Haaretz gazetasi.

Avvalroq, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi otashkesim haqidagi kelishuv 24 noyabr (juma) kuni soat 7:00 dan (Toshkent vaqti bilan 10:00) kuchga kirishi haqida xabar berildi.

Qayd etilishicha, HAMAS garovga olinganlarning dastlabki 13 nafarini qo‘yib yuboradi. Shundan so‘ng, Isroil falastinlik mahbuslarni ham ozod qiladi. Sulh 4 kun amal qiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid