Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» röyxatiga siyosatçi va mamlakatning sobiq boş vaziri Mixail Kasyanovni kiritdi.
Adliya vazirligi bayonotida aytilişiça, Kasyanov «çet el agentlari» materiallarini yaratiş va tarqatişda iştirok etgan, Rossiya hukumati qarorlari haqida «notöğri ma’lumot» tarqatgan, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga qarşi çiqqan va «xorijiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan axborot platformalarida respondent sifatida iştirok etgan».
«Çet el agentlari röyxatiga kiritilgan şaxslar bilan bir qatorda u Rossiya Federatsiyasining taşqi va içki siyosatini obrösizlantirişga qaratilgan «Rossiya uruşga qarşi qömitasi» a’zosi. Rossiya Federatsiyasidan taşqarida yaşaydi», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Mixail Kasyanov 2000 yil mayidan 2004 yil fevraligaça Rossiya hukumati raisi lavozimida işlagan.
Rossiya qonunçiligiga köra, «çet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va taşkilotlar öz faoliyati va xarajatlari töğrisida Adliya vazirligiga muntazam ravişda hisobot taqdim etişi, barça maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «çet el agenti» ekanini belgilab qöyişi şart.
2022 yildan boşlab, ularga dars beriş, axborot mahsulotlari yaratiş, ommaviy tadbirlar taşkil etiş, saylov komissiyasi a’zosi böliş taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boşlab Adliya vazirligi çet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda.
2023 yilda Vladimir Putin çet el agentlari haqidagi qonunni kuçaytiruvçi yana bir qonunni imzoladi. Unga köra, Adliya vazirligi çet el agentlari bilan muloqotda bölgan şaxslarga qonunbuzarlikka yöl qöymasligi töğrisida ogohlantiriş berişi mumkin. Bu şaxslarga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan rejadan taşqari tekşiruv ötkazilişi ham mumkin. Adliya vazirligining qonunbuzarliklarni bartaraf etiş talablariga rioya qilmagani uçun fuqarolar 50 ming rublgaça, mansabdor şaxslar 100 ming rublgaça va yuridik şaxslar 300 ming rublgaça jarimaga tortiladi.

















