Rossiya Adliya vazirligi antidiskriminatsiya markazi "Memorial"ni "çet el agentlar" reyestriga kiritdi. Bu qaror juma, 21 noyabr kuni e’lon qilindi. "Memorial" saytida qayd etilişiça, uşbu markaz ozçilik guruhlar, migrantlar va aholining zaif qatlamlari huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanadi. 2024 yil mart oyida Rossiya şunga öxşaş nomga ega bölgan yana bir taşkilotni — Inson huquqlarini himoya qiliş markazi "Memorial"ni ham "çet el agenti" deb e’tirof etgan edi.
Bundan taşqari, "çet el agentlari" röyxati Estoniya yevangelist-lyuteran çerkovi ruhoniysi Pavel Zayakin, saratovlik jurnalist Yelena Nalimova, zamonaviy madaniyat va inson huquqlari böyiça Kulturus festivali taşkilotçisi Anton Litvin, şuningdek "Aspekty Başkortostana" internet-naşri bilan töldirildi. RF Adliya vazirligi versiyasiga köra, ularning barçasi Rossiya hokimiyati va armiyasi haqida "feyk" tarqatgan, şuningdek Rossiyada nomaqbul taşkilotlar bilan hamkorlik qilgan.
"Çet el agentlari" töğrisidagi qonunçilik Rossiyada 2012 yilda paydo bölgan. Şu vaqtdan beri mingdan ortiq taşkilot va jismoniy şaxs uşbu "qora röyxat"ga kiritilgan.
Jismoniy şaxslar — "çet el agentlari" reyestri 2022 yil aprel oyi boşlarida işga tuşirilgan bölib, NNT-"çet el agentlari", OAV-"çet el agentlari" va röyxatdan ötmagan taşkilotlar-"çet el agentlari" röyxatlari qatorida törtinçi şunga öxşaş reyestrga aylandi. 2022 yil dekabridan e’tiboran RF qonunçiligi "çet eldan qöllab-quvvatlov" oluvçilarni, şuningdek "xorijiy ta’sir ostida bölgan" şaxslarni ham "çet el agentlari" deb e’lon qiliş imkonini beradi.

















