Volodin 29 oktyabr kuni, «çet el agenti» deb tan olingan rossiyaliklarni ularga tölanadigan pensiyalarni erkin oliş huquqidan mahrum etişni taklif etdi. Uning ta’kidlaşiça, tölovlar maxsus hisoblarga yönaltirilişi, mablağni oliş uçun esa «çet el agentlari» Rossiyaga qaytib, javobgarlikka tortilgan bölişi lozim. Çunki ular, uning ta’biri bilan aytganda, «öz mamlakatiga xiyonat qilgan» va «davlatga zarar yetkazmoqda».
«Bizda nima bölyapti: mamlakatni vayron qilayotgan, unga xiyonat qilgan odam Parij böylab, boşqa Yevropa şaharlari böylab yuradi-yu, pensiyani Rossiyadan oladi», — dedi u Duma majlisida.
Uning fikriça, Rossiya davlatiga qarşi faoliyat «vayronkor» bölgani uçun hokimiyat «davlatçilik içidan yemirilişi»ning oldini oliş uçun «qöldan kelgan hamma işni» qilişi kerak.
2024 yil dekabrida Duma «çet el agentlari» daromadlarini maxsus rubl hisoblariga kiritiş töğrisidagi qonunni qabul qilgan edi. Bu mablağlardan faqat «çet el agenti» maqomi bekor qilinganidan keyin foydalaniş mumkin. Qonun 2025 yil mart oyida kuçga kirdi. Şundan söng Boosty donat xizmati «çet el agent»lari akkauntlarini bloklagani ma’lum böldi.
2025 yil sentabr oyida Davlat dumasi «çet el agentlari»ga nisbatan jinoyat işi qözğatiş tartibini soddalaştirdi: tegişli reyestrga kiritilgan şaxsga faoliyat tartibini buzgani uçun berilgan ilk jarimadan keyinoq jinoyat işi oçişga ruxsat berildi.

















