O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi bojxona postida qurol olib o‘tishga urinish holati aniqlandi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari mamlakat hududiga pnevmatik to‘pponchaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan postga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Uning yonida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 dona “S84 Stalker ST-11051M” nomli 4,5 millimetr kalibrli pnevmatik to‘pponchani borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2022 yil 31 mayda qabul qilingan qonunga ko‘ra, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari shuningdek o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik choralari belgilangan.
Mavzuga oid
11:37 / 15.11.2024
YeI birinchi marta qurolni birgalikda sotib olishni moliyalashtiradi
12:30 / 01.11.2024
Yevropadagi qurol ishlab chiqaruvchilar mablag‘ yetishmasligidan shikoyat qilmoqda
11:50 / 14.10.2024
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
09:20 / 14.10.2024