Netanyahu sulhdan keyin urushni davom ettirishga va’da berdi
Isroil bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, urushdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar – HAMAS harakatini yo‘q qilish, garovga olinganlarning barchasini uylariga qaytarish va anklav «hech qachon Isroil uchun xavf tug‘dirmasligini» ta’minlashdir.

Foto: Reuters
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu sulh muddati tugagach Falastinning HAMAS harakatini yo‘q qilish maqsadida harbiy kampaniya davom ettirilishini ta’kidladi. Bu haqda The Times of Israel yozdi.
Netanyahu so‘zlariga ko‘ra, urushning asosiy maqsadlari G‘azoni boshqarayotgan «terrorchi» guruhni yo‘q qilish, 7 oktyabrdagi qirg‘in paytida garovga olingan barcha asirlarni vatanga qaytarish va anklav «hech qachon Isroil uchun xavf tug‘dirmasligini» ta’minlashdir.
«So‘nggi kunlarda men bir savolni eshityapman: Isroil garovga olinganlarni qaytarishning bu bosqichi tugagandan so‘ng, jangovar harakatlarga qaytadimi? Mening javobim aniq — ha. Biz oxirigacha kurashamiz», dedi Isroil hukumati rahbari.
27 noyabr kuni Isroil va HAMAS otashkesimni yana ikki kunga uzaytirish haqida kelishuvga erishgan edi. Sulh paytida tomonlar garovdagilar va mahbuslarni almashtirishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

23:37 / 16.06.2025
Isroil armiyasi Eronga qarshi harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlanganini e’lon qildi

22:54 / 16.06.2025
Netanyahu Ali Xomanaiyning o‘ldirilishini istisno etmadi

21:18 / 16.06.2025
Isroil Eron davlat televideniyesi qarorgohiga zarba berdi

19:57 / 16.06.2025