Turkiya yil oxirigacha Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishiga rozilik berishi mumkin
Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bilan maslahatlashib, Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilishning taxminiy muddatini ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
Turkiya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini 2023 yil oxirigacha ma’qullashi mumkin. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Bryusselda Shimoliy Atlantika alyansi Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bilan maslahatlashuvlar chog‘ida aytib o‘tdi, dedi 29 noyabr, chorshanba kuni Reuters agentligiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan AQSh Davlat departamenti vakili.
«Men shunday deyishim mumkin: uchrashuv natijasi bu yil oxirigacha bo‘lishi (Turkiya parlamenti tomonidan Shvetsiya arizasini ratifikatsiya qilish) haqidagi bayonot bo‘ldi», - deya uning so‘zlarini keltirgan jurnalistlar.
Avvalroq, 16 noyabr kuni Reuters agentligi Turkiya parlamentining Tashqi ishlar qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi muhokamasini bo‘lajak jarayonlar zarurligini bildirib, keyinga surgani haqida xabar bergan edi. Shvetsiyaning NATOga kirishini ratifikatsiya qilish Turkiya parlamentida ovozga qo‘yilishi uchun komissiya roziligi zarur.
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi ratifikatsiyasi
Shvetsiya Ukraina urushi boshlanishi munosabati bilan Finlandiya bilan birga 2022 yilda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Turkiya hozircha Shvetsiyani «terrorchilarni qo‘llab-quvvatlash»da ayblab, taklifini ma’qullashdan bosh tortib kelyapti. Anqara, xususan, Shvetsiyada yashovchi kurd faollarini «terrorchi» deb biladi va Stokholmdan ularga nisbatan qat’iyroq pozitsiyada bo‘lishni talab qilmoqda.
Turkiyadan tashqari, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi Vengriya tomonidan ham hali qo‘llab-quvvatlanmadi, mamlakat bosh vaziri Viktor Orban sentabr oyi oxirida Budapesht bu masalani hal qilishga shoshilmasligini aytdi.
Oktyabr oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya arizasini Buyuk millat majlisiga (Turkiya parlamenti) ko‘rib chiqish uchun taqdim etib, ushbu hujjatni imzoladi.
Mavzuga oid
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
22:51 / 17.12.2024