Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish natijasida tabiatga 52 mln so‘mlik zarar yetkazildi
Sariosiyo tumanida o‘tuvchi daryo yoqasidan noqonuniy tarzda qum-shag‘al qazib kelingan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Obizarang» daryosi yoqasidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holati aniqlandi, deb xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Ta’kidlanishicha, viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan «Cangardak Tosh» MChJda tegishli tartibda ekologik tekshiruv o‘tkazilgan.
Noqonuniy tarzda qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 52 mln 260 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan «Cangardak Tosh» MChJ rahbari M.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70prim 1-moddasining 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Belgilangan jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq Toshkent shahrida noqonuniy qum-shag‘al qazib olish oqibatida tabiatga 35 mlrd so‘m zarar yetkazilgani, holatga huquqiy baho berish, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va tabiatga yetkazilgan zararni undirishda maqsadida to‘plangan hujjatlar Bosh prokuroraturaga yuborilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
10:20 / 12.12.2025