Aholi ziçligi böyiça eng katta davlat, dunyodagi eng sovuq poytaxt, dinozavr qoldiqlariga eng boy hudud, çorak aholisi haligaça köçmançi bölib yaşayotgan moviy osmon mamlakati – Möğuliston haqida tasavvurlarimizni kengaytiramiz.

Möğulistonning Özbekistonga eng yaqin hududi bölmiş Bayan Ulgiy aymoği Andijonning Xonobod tumanidan atigi 1620 km uzoqlikda joylaşgan. Bu masofani köz oldimizga keltiriş uçun Toşkentdan taxminan Boku, Tehron yoki Nyu-Dehligaça bölgan uzoqlikni tasavvur qilsak böladi.

Insoniyat tarixida dunyoning tutaş hududli eng yirik imperiyasini qura olgan Çingizxondan Rossiya va Xitoy örtasida bugungi Möğuliston qolgan. U ham unçalik kiçik davlat emas, maydoni jihatidan dunyodagi 18-yirik mamlakat. Ammo Çingizxon imperiyasidan 20 marta kiçik.

Möğulistonning hozirgi hududi Özbekiston hududidan 3,5 barobarga, xaritasi juda öxşaş bölgan qariyb Şveytsariyadan esa 38 barobarga katta.

Biroq Möğul davlati 3,5 million aholisi bilan Özbekiston aholisidan 10 baravarga, Şveytsariyadan 2,5 baravarga kam bölib, aholi ziçligi eng kam davlatlar orasida eng yirigi hisoblanadi – har kvadrat kilometr maydonga atigi ikki kişi töğri keladi.

Tarix haqida qisqaça

Möğulistonning eng qudratli davlatçilik tarixi şubhasiz xonlar xoni Timuçin, ya’ni Çingizxon şaxsi bilan boğliq. Ungaça Möğuliston hududlari bir muddat xitoylar ta’siri ostida bölgan, keyinçalik Uyğur va Turk hoqonliklari tarkibiga kirgan. Şu sababli bugungi möğulça yaşaş tarzida ham turkiy, ham xitoyça madaniy unsurlarni uçratasiz. Möğullar tarixan turkiy xalqlar bilan yonma-yon yaşab kelişgani sababli ularning ham turkiy ekani haqidagi iddaolar bahs-munozaralarga sabab bölsa-da, hali aniq bir xulosaga kelinmagan.

14-asrda möğullar saltanati parçalangaç, hozirgi Möğuliston boşqaruvi Yuanlar qöliga, deyarli uç asrdan keyin Tsin davlati tarkibiga ötadi. Tsinlar ta’siri ostida ham qariyb uç asr yaşagan möğullar 1924 yilda sovet ittifoqi ta’sirida kommunistik davlatga aylandi. 1990 yilgaça şu tuzum bilan hamohang bölgan Möğuliston xalq respublikasidagi sovetça arxitektura va kirill yozuvining qöllanişi ham sobiq ittifoq bilan hamkorlik natijasidir.