Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS garovdagilarni ozod qilish shartlarini ma’lum qildi
Harbiy harakatlar to‘xtamaguncha garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmaydi.
Foto: AFP
Falastinning HAMAS harakati Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari to‘xtamaguncha, garovdagilarni ozod qilmaydi.
Muzokaralarni davom ettirishning bunday shartlarini HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Usoma Hamdan Al-Jazeera telekanali efirida ma’lum qildi.
«Biz Isroilning xalqimizga qarshi tajovuzkorligi va G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar to‘xtamaguncha, hech qanday muzokara yoki garovga olinganlarni almashish bo‘lmasligini tasdiqlaymiz», dedi u.
Avvalroq, HAMAS harakatining siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy ham harbiy mojaro tugamaguncha Isroil bilan yangi mahbuslar almashinuvi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.
«Hozir hech qanday muzokara olib borilmayapti. O‘t ochish to‘xtatilmaguncha va barcha falastinlik mahbuslar ozod etilmaguncha, garovga olingan isroilliklar ham qo‘yib yuborilmaydi. Ular bizda ayollar va bolalar borligini ta’kidlamoqda, ammo biz ularni ozod qilganmiz», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, HAMAS Isroil askarlari va ilgari Isroil armiyasida xizmat qilgan fuqarolarni hamon garovda ushlab turibdi.
«Urush davom etaveradi. Bu qaror yakuniy hisoblanadi. Biz murosaga bormaymiz», degan edi Aruriy.
Mavzuga oid
14:15 / 20.04.2026
Hamas rasmiylari guruh ba’zi qurollarini topshirishga tayyorligini bildirdi
21:22 / 16.04.2026
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
18:29 / 16.04.2026
Eron AQSh va Isroilni mamlakat rahbariyatining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmoqchi
11:44 / 16.04.2026