«Salimboy» qo‘lga olingani haqida rasman xabar berildi
U o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanmoqda.
«Salimboy» va «Salimboyvachcha» nomlari bilan tanilgan 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyev protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar Kun.uz manbasi «Salimboy»ganisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi.
U Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (O‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash)bilan gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
U 2017 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlab kelayotgandi. Abduvaliyev sport faoliyatiga qo‘shgan hissasi uchun 2015 yilda «Do‘stlik» ordeni, 2021 yilda esa «Xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi» unvoni bilan taqdirlangan.
Fuqarolardan jinoiy guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lishsa yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsalar, Toshkent shahri IIBBning 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99−370−73−94 Telegram raqamiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
- 2 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan «ko‘cha bollari» va jinoiy guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashga qaratilgani qayd etilgan.
- Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan.
- Huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, «Baxti Tashkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga olgan. Bundan tashqari, o‘ta yirik miqdordagi tovlamachilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qo‘lga olindi. Ularning barchasi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
22:45 / 10.11.2024