Poytaxt hududida jinoyatlarning oldini oliş, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytiriş va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida Toşkent şahar IIBB hamda huquqni muhofaza qiluvçi idoralari tomonidan kriminogen vaziyatni yaxşilaş böyiça tezkor-profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar berdi.
Şu munosabat bilan fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga rioya etiş va xavotirga berilmaslik söraldi. Ta’kidlanişiça, barça harakatlar şaharda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş maqsadida ötkazilyapti.
Oldinroq Toşkentda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar hamkorligida jinoyat olamining önlab vakillariga nisbatan reydlar ötkazilgani, unda özini «köça bollari» sifatida namoyon qilişga uringan yigitlar qölga olingani xabar qilingandi.













