Toşkent şahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev qölga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) bilan bilan qözğatilgan jinoyat işi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat işi doirasida ötkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan.

Jumladan, Toşkent şahrida «Saidaziz medgorodok» laqabi bilan tanilgan 1987 yilda tuğilgan Saidaziz Saidaliyev sport bilan şuğullangan jismonan baquvvat şaxslarni öz atrofiga töplab, qator jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boşqa muammolari bölgan şaxslarning muammolarini qonunni çetlab ötgan holda hal qilib beriş evaziga moddiy jihatdan manfaatdor böliş, tahdidlar yöli bilan pul mablağlarini noqonuniy qölga kiritiş, bezorilik va tamagirlik holatlari şular jumlasidan.

Jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçi Saidaziz Saidaliyev va boşqa bir neça şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu şaxsdan yoki guruh a’zolaridan jabr körgan bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-45-66, 71-206-49-46 yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIOga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.

  • 30 noyabr kuni Kun.uz manbasi sönggi bir hafta içida Toşkent şahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan «köça jinoiy guruhlari va jinoiy dunyoning önlab vakillari»ga qarşi keng kölamli reydlar ötkazilayotgani haqida xabar bergan edi. 
  • 2 dekabr kuni Toşkent şahar IIBB poytaxtda kriminogen vaziyatni yaxşilaş böyiça keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar ötkazilayotgani tasdiqladi.