Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettiramiz – To‘qayev
Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha, bunday siyosat «dunyoda maydoni jihatidan to‘qqizinchi yirik davlat bo‘lgan Qozog‘istonning geografik joylashuvi»ga mos keladi.
Foto: Kazinform
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSh bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishda davom etishini aytdi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, ko‘p qirrali xalqaro siyosatga amal qilgan holda, mamlakat bir vaqtning o‘zida Xitoy bilan ham, Markaziy va G‘arbiy Yevropadagi hamkorlari bilan ham «a’lo» munosabatlarni saqlab kelmoqda, AQSh hamda Rossiya bilan esa strategik sheriklikda. To‘qayevning ta’kidlashicha, bunday siyosat «dunyoda maydoni jihatidan to‘qqizinchi yirik davlat bo‘lgan Qozog‘istonning geografik joylashuvi»ga mos keladi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston xalqaro maydondagi ba’zi o‘zgarishlarga qaramay Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
«Bizda [Rossiya bilan] saqlanishi yoki hech bo‘lmaganda voz kechilmasligi kerak bo‘lgan hamkorlik an’analari bor. Va ishonamanki, xalqaro maydondagi ba’zi voqealarga qaramay, biz hamkorlikni davom ettiramiz», dedi u.
To‘qayev so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning dunyodagi o‘rni qanday baholanishidan qat’i nazar, u bilan hamkorlik qilish muhim.
«Tan olishimiz kerak, Rossiya juda muhim va biz u bilan hamkorlik qilishimiz kerak, Qozog‘iston buni qiladi», dedi To‘qayev.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028-yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026