Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yevroparlament, Yevropa komissiyasi va Yevropa Ittifoqi davlatlari vakillari uch kunlik muzokaralardan so‘ng sun’iy intellekt haqidagi qonun bo‘yicha siyosiy kelishuvga erishdi. Yevropa dunyoda birinchi bo‘lib SI to‘g‘risidagi qonunni qabul qilmoqchi.
Foto: Pixabay
Yevropa Ittifoqi sun’iy intellektdan (SI) foydalanish qoidalarini kuchaytiradi. Tegishli qoidalar (Artificial Intelligence Act) 8 dekabr, juma kuni kechqurun Bryusselda Yevroparlament, Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari tomonidan uch kunlik muzokaralardan so‘ng kelishib olindi.
Yevroparlament bayonotida aytilishicha, qonun loyihasi «Yevropada sun’iy intellekt xavfsizligini ta’minlash, asosiy huquqlar va demokratiyaga hurmat, shuningdek, biznesning gullab-yashnashi va kengayishi imkoniyatlarini» ta’minlashga qaratilgan.
Yevropa komissiyasining 2021 yil aprel oyida taqdim etilgan taklifiga ko‘ra, sun’iy intellekt tizimlari turli xavf guruhlariga bo‘linishi kerak. Ilovaning potensial xavfi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga qo‘yiladigan talablar shunchalik qattiqroq bo‘lishi lozim.
Muzokaralar bazaviy modellar deb atalgan narsalarni tartibga solish masalasi bo‘yicha deyarli barbod bo‘ldi - ular ulkan ma’lumotlar to‘plamlari bilan ishlashga o‘rgatilgan juda kuchli SI modellari hisoblanadi, deb yozadi dpa. Ko‘pgina boshqa ilovalarga asoslanishi mumkin bo‘lgan shunga o‘xshash asosiy modellarga, masalan, GPT kiradi. Germaniya, Fransiya va Italiya tartibga solishni asosiy texnologiyaning o‘ziga emas, balki faqat ma’lum SI ilovalariga qo‘llashni yoqladi.
YeP yuzni avtomatik tanib olishni taqiqlashni talab qilmoqda
Masalan, milliy xavfsizlik maqsadlarida sun’iy intellekt yordamida yuzni tanib olish bo‘yicha rejalashtirilgan qoidalar ham munozaralarga sabab bo‘ldi. Yevropa parlamenti, xususan, bunday dasturlarni taqiqlashga intilyapti, ammo Yevropa Ittifoqi davlatlari milliy xavfsizlik, mudofaa va boshqa harbiy maqsadlarni himoya qilish uchun ushbu taqiqdan istisnolarni talab qildi. Kelishuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan biometrik identifikatsiya tizimlaridan foydalanishga cheklovlar ham kiritilgan.
Yaqin kunlarda ikkala tomon ham hujjat shaklini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan tafsilotlarni muhokama qiladi – sun’iy intellekt haqidagi dunyodagi birinchi qonun ko‘rib chiqiladi. Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun u Yevroparlament va Yevropa Ittifoqining har bir davlati tomonidan ma’qullanishi kerak, biroq bunday ma’qullash rasmiyatchilik hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:32 / 12.02.2026
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
15:06 / 11.02.2026
Yevroparlament boshpana berish bo‘yicha yanada qat’iy qoidalarni ma’qulladi
14:36 / 11.02.2026
Yevroparlament 2040 yilgacha YeIning iqlim maqsadlari haqidagi qonunni qabul qildi
11:17 / 10.02.2026