Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda ekstremistik materiallarni targ‘ib qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
28 yoshli gumonlanuvchi o‘zining Instagram va TikTok sahifalariga ekstremistik, terroristik mazmundagi materiallarni e’lon qilib kelgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
O‘sh viloyatida 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ijtimoiy tarmoq orqali ekstremistik materiallarni tayyorlash va tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hamda O‘sh viloyati IIB hamkorligida o‘tkazilgan internetni monitoring va tahlil qilish bo‘yicha qo‘shma tezkor tadbirlar davomida u Instagram va TikTok sahifalariga ekstremistik, terroristik mazmundagi materiallarni e’lon qilib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan to‘plangan materiallar jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyatlarning yagona reyestrida ro‘yxatga olingan. Ekspertiza materiallar Qirg‘iziston hududida taqiqlangan IShID xalqaro terrorchilik tashkilotiga tegishli ekanini ko‘rsatgan.
Maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. bo‘lib, u jihod xarakteridagi audio «nashida«larni ayollarning diniy bosh kiyimi — «niqob«ni reklama qilgan videoga joylab ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilgan va sotgan.
Hozirda ayol vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan, holat bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston Oliy sudi diniy ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1400 ga yaqin manbalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026