Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Ukrainaga yana 900 mln dollarlik transhni ma’qulladi
Ukraina iqtisodiyoti barqaror bo‘lib chiqdi, hukumatning mohirona siyosati va tashqi yordam tufayli makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik saqlanib qoldi, dedi XVJ rahbari.
Ukraina Xalqaro valuta jamg‘armasidan (XVJ) 900 million dollar miqdoridagi moliyaviy yordamning navbatdagi qismini oladi. Bu XVJ ijroiya kengashi Ukraina uchun kengaytirilgan yordam dasturini (EFF) ikkinchi qayta ko‘rib chiqishni ma’qullagani tufayli mumkin bo‘ladi. Tegishli bayonot 11 dekabr, dushanba kuni jamg‘armaning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Shu kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vashingtonda XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva bilan uchrashdi. «Urush Ukrainaga ulkan ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Biroq Ukraina iqtisodi barqarorligini isbotladi va Ukraina hukumatining mohirona siyosati hamda sezilarli tashqi yordam tufayli makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik saqlanib qoldi», - dedi Georgiyeva uchrashuvdan keyin e’lon qilingan bayonotda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari urush davrida ma’muriy masalalarni muvaffaqiyatli hal etib, korrupsiyaga qarshi kurashgan va bu Zelenskiy yetakchiligining tasdig‘idir.
Zelenskiy XVJga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi
Zelenskiy xalqaro tashkilotga «Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, davlat, xalq muvaffaqiyatlarini nishonlagani» uchun minnatdorchilik bildirdi. «Urush paytida institutlarimizni mustahkamlovchi islohotlarni amalga oshiramiz va hamkorlar bilan xalqimizga ko‘proq iqtisodiy imkoniyatlar taqdim etamiz», — dedi Ukraina prezidenti Telegram'dagi murojaatida.
«Jamg‘arma keng ko‘lamli urushga qaramay, dastur va islohotlarni amalga oshirishdagi yutuqlarimizni qayd etdi. Ukraina barcha «mayoqlar»ni, jumladan, Budjet kodeksini takomillashtirish, soliq siyosatini kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilik tashabbuslarini bajardi», - deydi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal.
Joriy yilning mart oyida XVJ Ukrainaga 15,6 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam paketini tasdiqladi. Dastur Ukraina to‘rt yil ichida olishi kutilayotgan 115 milliard dollarlik kattaroq xalqaro yordam paketining bir qismidir.
Noyabr oyi boshida XVJ Ukraina uchun iqtisodiy o‘sish prognozini 2023 yil oxiriga 4,5 foizgacha yaxshilagan edi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026