SSSR tarixida “Ryazan möjizasi” deb nomlanadigan maş’um bir iş bor. Bu iş 1950-yillar oxirida, mamlakatni Xruşçyov boşqargan kezlarda sodir bölgan.

Yiğilişlarning birida Xruşçyov mamlakatdagi oziq-ovqat taqçilligi haqida gapirib, göşt yetiştirişni uç yilda uç barobarga oşiriş kerakligini aytadi.

Şunda Ryazan viloyati obkomi “taşabbus” körsatadi va özi boşqarayotgan viloyatda göşt yetiştiriş rejasini uç yilda emas, bir yilda uç barobarga oşirişini aytadi.

Öşanda Ryazan obkomi ikkita Lenin ordeni, “Sotsialistik mehnat qahramoni” unvoni va “Mehnatdagi natijalari uçun” medaliga sazovor böladi.

Biroq zörma-zöraki tarzdagi reja bajarilgani uçun viloyatda barça soha izdan çiqadi. Oxir-oqibat bu Moskvadagilarga oşkor bölgaç, obkom öz joniga qasd qiladi.

Bu tarixni köpçilik ham bilavermaydi. Çunki SSSRda bunday işlar har doim ommadan yaşirilgan. Sovetlar tarğibotiga köra, SSSRda hammasi zör, mamlakat gullab-yaşnagan.

Boşqa köplab hodisalar qatori Ryazan obkomi bilan sodir bölgan iş tafsilotlari SSSR parçalanib ketgaç oşkor böladi va omma öşanda nima bölganidan xabar topadi.

“Amerikani quvib ötamiz!”

Hammasi Nikita Xruşçyovning balanparvoz gaplaridan boşlangan. 1958 yilda mamlakat rahbari butunittifoq qişloq xöjaligi xodimlarining yiğilişida otaşin nutq sözlaydi.

Gap orasida u qöllarini muşt qilgan holda tepaga silkitib, “Nima bölibdi bizga Amerika? Tez orada uni quvib ötamiz”, deb gapirib qoladi. Xruşçyov hatto 1980 yilda SSSRda kommunizm qurilişini ham aytadi.

Öşa paytda SSSR quruqlik jihatdan dunyodagi eng yirik davlat bölib, aholi soni böyiça AQŞdan oldinda tursa ham, Amerikani quvib öta olmasligi hammaga kunday ravşan edi.

Biroq yetişmovçiliklardan ozor çekib yurgan xalqni nimadir deb ovutiş, qolaversa mahalliy rahbarlarga motivatsiya beriş lozim edi va bunday işlarga Xruşçyovning suyagi yöq edi.

Aytgança, Amerikani quvib ötiş haqidagi gapni birinçi bölib Xruşçyov aytmagan. Ungaça Lenin va Stalin ham aytgan. Xruşçyovdan keyingi rahbarlar ham takrorlab turişgan.

Öşa yiğilişda SSSR rahbari mamlakatda oziq-ovqat, jumladan göşt va sut taqçilligi haqida gapiradi va keyingi uç yilda, ya’ni 1960 yilgaça göşt yetiştirişni uç barobarga köpaytiriş lozimligini ta’kidlaydi.