Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi ob-havo sabab Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Foto: AP
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
Shu munosabat bilan, agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘radi.
Kuni kecha Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi trassada avtobusda sovuqda qolib ketgan 20 nafar o‘zbekistonlikka yordam berilgandi.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
14:43 / 04.05.2026