Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi
Qonun loyihasida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish, sog‘lom ovqatlanishga erishish, oziq-ovqat xavfsizligida axborot ta’minoti, yakuniy qoidalarni belgilash nazarda tutilgan.
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi 5 ta bob va 24 ta moddadan iborat bo‘lib, unda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha umumiy qoidalar, ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish, sog‘lom ovqatlanishga erishish, oziq-ovqat xavfsizligida axborot ta’minoti, shuningdek, yakuniy qoidalarni belgilash nazarda tutilgan.
Qonunning maqsadi davlat iqtisodiy xavfsizligini ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini tartibga solish, shuningdek, fuqarolar oziq-ovqat mahsulotlarini nutriyentlar bilan boyitilganligi va xavfsizligining huquqiy asoslarini ta’minlashdan iborat.
Qonun loyihasida quyidagi asosiy qoidalar belgilanmoqda:
1. Qonun loyihasida qo‘llanilgan 15 ta asosiy tushunchaning mazmuni bayon etilgan: “oziq-ovqat xavfsizligi”, “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash”, “oziq-ovqat balansi”, “oziq-ovqat tanqisligi”, “davlatning oziq-ovqat mustaqilligi”, “davlatning oziq-ovqat zaxirasi”, “hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari”, “sog‘lom ovqatlanish”, “xomashyosi”, “oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining oqilona me’yorlari”, “oziq-ovqat mahsulotlarini zarur darajada ishlab chiqarilishi”, “oziq-ovqat mahsulotlarga jismonan erishishga qulaylik”, “oziq-ovqat mahsulotlariga erishishning iqtisodiy qulayligi”, “qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining aylanma zaxirasi”, “iqtisodiy xavfsizlik”.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari belgilanmoqda.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari belgilanmoqda.
Bunda:
- Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlariga aniqlik kiritilmoqda;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda;
- vakolatli davlat organiga oziq-ovqat xavfsizligini tizimli ta’minlash uchun boshqarish tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha hukumatga taklif ishlab chiqish va taqdim etish, tarmoqlararo tuzilmalarni va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, blokcheyn texnologiyasi yoki boshqa raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlarini butun qiymat zanjiri bo‘ylab kuzatish imkonini beruvchi izma-iz nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumatga taklif ishlab chiqish va boshqa ko‘plab vazifalar yuklatilmoqda.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024