XOQ olti nafar rossiyalikni Parijdagi Olimpiadaga kiritadi
XOQ rossiyaliklar va belarusliklarning Parijdagi Olimpiadaga qo‘yilishi haqidagi ma’lumotlarni o‘zgartirdi. O‘yinlarda Rossiyadan olti nafar va Belarusdan besh nafar sportchi neytral maqomda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Foto: AP
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024 yilgi Parij Olimpiadasiga kiritiladigan rossiyalik neytral sportchilar haqidagi ma’lumotni o‘zgartirdi. Bu haqda 14 dekabr, payshanba kuni axborot agentliklari xabar berdi. Dastlab XOQ veb-saytida 8 dekabr kuni e’lon qilingan xabarda endi olti nafar rossiyalik va besh nafar belaruslik (tuzatishlar 13 dekabrda kiritilgan) haqida gap ketmoqda. Avvalroq Rossiyadan sakkiz nafar va Belarusdan uch nafar yakka tartibdagi neytral sportchilar haqida xabar berilgan edi.
«Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan dunyo bo‘ylab 4600 nafar sportchi orasida atigi 11 nafar yakka tartibdagi neytral sportchi bor (olti nafari Rossiya va besh nafari Belarus pasporti bilan)», - deyiladi xabarda.
Agar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlasa, sportchilar o‘yinlarga qo‘yilmaydi
XOQ Rossiya va Belarus sportchilari faqat yakka tartibdagi neytral sportchilar sifatida ishtirok etishlari mumkinligini ta’kidladi, jamoalar musobaqaga qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, sportchilar va ular bilan ishlaydigan xodimlar, agar ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini faol qo‘llab-quvvatlasa yoki o‘z mamlakatlari armiyasi yoki xavfsizlik kuchlari a’zolari bo‘lsa, Olimpiadaga qo‘yilmaydi.
Olimpiya o‘yinlarida sportchilarga Rossiya yoki Belarus bayrog‘i, madhiyasi, ranglari yoki boshqa identifikatorlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu davlatlar rasmiylari o‘yinlarga kela olmaydi.
Yana bir shart shuki, bu sportchilar doping tekshiruvidan o‘tishlari va Olimpiya xartiyasini hurmat qilish va’dasini o‘z ichiga olgan yangilangan ishtirok etish shartlarini imzolashlari kerak.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi

23:37 / 20.03.2025