Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Istanbul o‘rtasida talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi
Istanbulning Beylikduzu tumani rahbariyati Buxoro shahri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Istanbul shahrining sanoatlashgan hududlardan biri - Beylikduzu tumani meri Mexmet Murat Chalik bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, Beylikduzu tumani rahbariyati Buxoro shahri bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ham qiziqish bildirdi. Buxoro shahri bilan turizm, madaniyat, san’at, me’morchilik yo‘nalishlarida tajriba almashish, ta’lim sohasini rivojlantirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqalar o‘rnatishning muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘nggida ilgari surilgan takliflarni O‘zbekistonning tegishli davlat idoralari va Buxoro shahar hokimligi vakillari bilan muhokama qilish maqsadida muzokaralar tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:08 / 09.06.2026