Senat 2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
Senatning 48-yalpi majlisi 20 dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi.
Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi 20 dekabr kuni o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda, jumladan, «2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida»gi, «2023 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Senatorlar, shuningdek, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi hamda «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.
Bundan tashqari, «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi va «Ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Yalpi majlis kun tartibi doirasida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar ham muhokama etiladi.
Senatorlar Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»da belgilangan vazifalar ijrosi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda atmosfera havosini muhofaza qilish hamda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan vazirlikning axborotini eshitish, shuningdek, Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash kabi masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
21:32 / 20.01.2025
230 ta tug‘ruqxona uchun 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi
20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
18:04 / 07.01.2025