O‘zbekiston | 13:00 / 19.12.2023
5837
4 daqiqa o‘qiladi

Yetkazib berish xizmati: Uzum Business biznes uchun masofaviy hisobvaraqlarni ochish xizmatini ishga tushirdi

Foto: Kapitalbank

“Kapitalbank” o‘zining sayyor menejyerlar xizmatini rivojlantirmoqda va yuridik shaxslar uchun bank mahsulotlarini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni yetkazib berish xizmatini ishga tushirmoqda. Endilikda tadbirkorlar filialga kelmasdan turib, “Kapitalbank”da hisob raqamini ochishlari mumkin. Siz birinchi yoki qo‘shimcha hisob raqamini ochish uchun Uzum Business veb-saytida ariza qoldirishingiz mumkin. Bank menejyeri barcha zarur hujjatlarni kerakli manzilga yetkazib beradi, mijozning ofisi, savdo shoxobchasi yoki boshqa qulay joyda tadbirkorlar uchun ko‘rsatiladigan xizmat turlari haqida gapirib beradi, shuningdek Uzum Business ilovasini o‘rnatish va uning funksional  imkoniyatlarini namoyish etishda yordam beradi. Xizmat turi allaqachonoq Toshkent shahrida mavjud, kelajakda bu imkoniyat mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi tadbirkorlar uchun ham yo‘lga qo‘yiladi.

— Biz uchun tadbirkorlar biznesga e’tibor qaratishlari muhimdir va biz ular uchun navbatlarsiz qulay bank yaratamiz. Shu bilan birga, bank mahsulotlarini masofadan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatimiz darajasi an’anaviy savdo kanallaridan aslo qolishmaydi”, —deya ta’kidlaydi “Kapitalbank”ning Masofaviy qo‘llab-quvvatlash va texnik xizmat ko‘rsatish departamenti direktori Yuliya Smirnova. — Biz nafaqat tadbirkor ofisiga hujjatlarni etkazib berish, balki mijozlarga mahsulot turi va xizmatlar bo‘yicha maslahatlar berish, mijozlarga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun sayyor soha maslahatchilari xizmatini rivojlantirmoqdamiz.

Hisobvaraq ochilganda tadbirkorlar, shuningdek yil oxirigacha, 3 oylik bepul naqd hisob-kitob xizmatlari va butun xizmat ko‘rsatish muddati davomida 7% gacha bo‘lgan to‘lovlar bilan hisobvaraq qoldig‘i bo‘yicha hisoblangan foizlarni oladilar. Taklif cheksiz miqdordagi hisoblarni o‘z ichiga oladi, boshqa banklarga barcha debet operatsiyalari taklif muddati uchun 0,1% komissiya to‘lovi bilan amalga oshiriladi.

Uzum Business xizmat turi - bu “Kapitalbank” yuridik shaxslari- mijozlar uchun masofaviy bank xizmatlarini birlashtiradigan platformadir. Ilova biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda kirishni to‘g‘irlash, ish haqi varaqlarini yuritish va imzolash, tezkor o‘tkazmalarni amalga oshirish, xorij valutasini sotib olish va sotish, muntazam amalga oshiriladigan to‘lov shablonlarini sozlash va tranzaksiyalarni tezkor tekshirish imkonini beradi. Veb-versiya va ilovani sinxronlashtirish tufayli har bir versiya eng so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etadi, shuning uchun to‘lov shablonlarini kompyuter orqali to‘ldirish, imzo qo‘yish va ilova orqali to‘lovni yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish uchun:

IOS: apps.apple.com/uz/app/uzum-business-kapitalbank

Android: play.google.com/store/apps/

Sayt: business.uzum.uz/

Bankning sayyor menejyeri bilan uchrashuv uchun arizani www.business.uzum.uz sayti yoki (+998) 78−148−11−22 telefon raqami orqali rasmiylashtirish mumkin.

Reklama

Mavzuga oid