Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada immigratsiya qonunchiligi kuchaytirildi
Marin Le Pen buni o‘zining «mafkuraviy g‘alabasi» deb atadi.
Fransiyada parlament yangi immigratsiya qonunini qabul qildi, deb yozdi The Guardian. Qonun chet el fuqarolari uchun mamlakatni ochiq qoldirsa-da, ba’zi cheklovlarni keskinlashtiradi.
Qonunda, jumladan, quyidagi qoidalar mavjud:
- Yashash uchun ruxsatnoma olgan, lekin Fransiyada besh yil yashamagan shaxs naqd pul yordami va uy-joy xarajatlariga yordam olish huquqidan mahrum etiladi;
- Ishlamaydigan chet elliklar uchun naqd pul yordami bekor qilinadi;
- Davlat tibbiy sug‘urtasini olish va chet elliklar uchun Fransiya oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi murakkablashadi;
- Immigratsiya kvotalari joriy etiladi;
- Immigrantlarning farzandlariga tug‘ilishi bilan Fransiya fuqaroligi berilmaydi. Bunday bolalar 16 yoshida so‘rov bo‘yicha Fransiya fuqaroligini olishi mumkin.
- Ishchi kuchi yetishmaydigan sektorlarda hujjatsiz ishchilar qonuniylashtiriladi.
Yangi qonun parlamentda turlicha kutib olindi. Jumladan, o‘ta o‘ng partiyalar uni ultra o‘ng «Milliy birlik» fraksiyasi rahbari Marin Le Pendan «ilhomlangan» deb atamoqda. Uning o‘zi qonunning qabul qilinishini o‘zining «mafkuraviy g‘alabasi» deb atadi.
Ushbu tashabbusni qabul qilish bo‘yicha prezident Makronning markazchi guruhi ichida, jumladan «Uyg‘onish» partiyasining o‘zida ham kelishmovchiliklar bo‘ldi. So‘l kuchlarga mansub koalitsiya vakillari bu qonunga qarshi ovoz berdi.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026