Qovurilgan kartoşka, göştli şörva, muzqaymoq, quymoq va pişiriqlar bolalikdan beri köpçilikning menyusi boşidan örin olgan. Bunga sabab nima, nega odamlar yoğli ovqatlarni köproq yaxşi köradi? Bu savolga şifokor-endokrinolog va nutritsiolog Darya Xaykina “Gazeta.ru”ga bergan intervyusida javob bergan.

“Eng sevimli taomingizni eslang. Balki u yoği oqib turgan burgerdir yoki hidi dimoqni qitiqlaydigan pitssa yoki yana boşqa narsa bölişi mumkin. Hozir özingizni qanday his qilyapsiz? Kayfiyatingiz kötarildimi, içingizda huzur va yengillik sezdingizmi? Gap şundaki, yoğli va kaloriyali ovqat iste’mol qilganingizda, miyangiz qonga dopamin ajratadi – bu zavq uçun javob beruvçi neyromediato. Dopamin aynan öşa lazzat hissini yaratadi va bizni bu harakatni qayta-qayta takrorlaşga undaydi. Şu orqali yoğlarga boğliqlik şakllanadi”, – deb tuşuntirgan Xaykina.

Uning sözlariga köra, bu jarayon evolyutsiya bilan boğliq. Ajdodlarimiz qattiq şaroitlarda yaşagani sabab ularga köp energiya zarur bölgan. Energiya esa kaloriyadan olinadi. Şu tariqa ajdodlarimiz yoğli va kaloriyali mahsulotlarni afzal körgan.

“Ming yillar davomida şakllangan evolyutsiya bizga ham ötgan. Miyamizda “yoğli taomni izlaş kerak” degan fikr singib qolgan. Yoğli mahsulotni körganimizda miya butun organizmga hamma narsa joyida, hayotni saqlab qoliş uçun yetarli kaloriya topildi, degan signal yuboradi”, – deya tuşuntirgan mutaxassis.

Şuningdek, u ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, inson miyasi yoğli taomlarning ta’mi bilan birga, ularning kaloriyaliligini ham eslab qolişini aytadi. Inson öta kaloriyali taom iste’mol qilganida, miya öşa taomning ta’mi va energiyasi örtasida kuçli boğliqlik yaratadi. Bu esa odatga aylanadi va vaqt ötişi bilan taom tanlaşga ta’sir qiladi.

“Dopamin bilan boğliq kuçli stimulyatsiyadan taşqari, yoğlar lazzatni sezilarli darajada kuçaytiruvçi omildir. Yoğ til va oğizdagi retseptorlarni faollaştirib, ta’mini yanada mazali qiladi. Natijada, biz ovqatdan ança köproq zavq olamiz. Bundan taşqari, madaniy omillar ham muhim rol öynaydi. Slavyan oşxonasi tarixan qaymoq, dudlangan yoğ (salo), sariyoğ kabi yoğli ovqatlarga boy. Bu lazzatlar bolalikdan şakllanib, butun umr davomida ovqatlaniş odatlarimizga ta’sir qiladi”, – deb qöşimça qilgan nutritsiolog.

Şifokor yoğli taomlarga bölgan iştiyoqni qanday nazorat qiliş haqida gapirar ekan, yoğlarni butunlay çiqarib taşlaş notöğri ekanligini eslatdi. Çunki ular organizmning normal işlaşi, jumladan, gormonlar sintezi va miya salomatligi uçun zarur.