Radar va kameralardan zada bölgan haydovçilar uçun ayrim yengilliklar e’lon qilindi. Prezident maktab öqituvçilarining oyligi va attestatsiyasi haqida gapirdi. Ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazorat kuçaytiriladi. Özbekistonliklar vizasiz borişi mumkin bölgan boy davlatlar soni yana bittaga köpaymoqda. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.

Haydovçilarga yengilliklar

Özbekiston hukumati haydovçilarning könglini ovlaşga qaror qildi. Juma kuni e’lon qilingan qaror bilan, radarlar, yöl çiziqlari va yöl belgilari masalasida haydovçilar e’tiroziga sabab bölib kelayotgan bir qator masalalarda yengilliklar joriy qilinmoqda.

Asosiy yangiliklardan biri: 1 iyundan boşlab kameralar yöllardagi sidirğa çiziqlarni bosganlik uçun jarima yozmaydi. Bir neça yildan beri yöl çiziqlari çizilmagan yöllarning faqatgina kamera bor qismigagina çiziq çizib qöyilişi köp tanqidlarga uçrab kelayotgandi. Qaror bilan, ana şu noroziliklar kamayadigan böldi. Şu bilan birga, töxtaş çiziğini bosganlik uçun avvalgidek tartibda jarima qöllaş davom etadi. Xizmat olib borayotgan YPX xodimlarining sidirğa çiziqni bosgan haydovçilarga jarima qöllaş huquqi ham saqlab qolinmoqda.

1 iyundan boşlab, tirbandlikning oldini oliş uçun şaharlarda yölta’mirlaş va yöl çiziqlarini çiziş işlarini soat 7:00 dan 21:00 gaça amalga oşiriş taqiqlanadi. 1 sentabrdan e’tiboran, statsionar va mobil radarlar işlayotgan har qanday joyda “Radar” belgisini örnatiş majburiy böladi. Şuningdek, 16 maydan boşlab, jamoat transporti uçun ajratilgan “A” harfli yölakda soat 23:00 dan 06:00 gaça barça transport vositalari harakatlanişiga ruxsat berildi.

Töxtaş va töxtab turişni taqiqlovçi yöl belgilarining keraksiz deb topilganlari olib taşlanadi, qolganlarining tagiga esa belgining amal qiliş vaqti yozib qöyiladi. Yozilgan vaqtdan taşqari soatlarda belgi bor joyda ham töxtaş yoki töxtab turiş mumkin böladi. Bundan taşqari, ayrim temiryöl kesişmalaridagi “Stop” belgilari örniga boşqariluvçi svetoforlar örnatilib, haydovçilarning behuda töxtab ötişiga barham beriladi.

Qarorda Özbekiston yöllaridagi barça radar va kameralarni yil oxirigaça töliq xatlovdan ötkazib, belgilangan talablarga zid tarzda örnatilgan yoki texnik talablarga javob bermaydiganlarini olib taşlaş közda tutilgan. Birinçi marta yengil qoidabuzarlik sodir etganlarni jarimaga tortmasdan, ogohlantiriş beriş tartibi joriy etiladi – bu borada alohida qonun qabul qilinişi kutilmoqda. Ayni paytda, parlamentdagi partiyalar radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat çegirib taşlaş haqidagi qonun loyihasini körib çiqyapti.